“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:41
ЎЗO‘Z

Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangni meksikalik bokschiga qarshi o‘tkazadi

05 fev, 22:08 2 576 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangni meksikalik bokschiga qarshi o‘tkazadi Professional boksning super o‘rta vazn toifasida mag‘lubiyatsiz odimlayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Rio olimpiadasi sovrindori joriy yilning 14 fevral kuni AQSHda ringga ko‘tariladi.

Hamyurtimizga ushbu jangda meksikalik tajribali bokschi Marko Antonio Periban raqiblik qiladi. Bektemir mazkur jangda o‘zining WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, bokschimiz professional boksda bungacha 4 ta jangda ishtirok etgan bo‘lib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. E’tiborlisi, ulardan 3 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Uning raqibi Marko Antonio faoliyati davomida umumiy hisobda 31 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, bu janglarning 25 tasida uning qo‘li baland kelgan. 5 ta jangda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, 1 jangda durang qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik bokschi o‘zining so‘nggi jangini 2019 yilning 13 dekabrida o‘tkazib, amerikalik Aleksandr Vonni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 158
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 362
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar