“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 04:09
ЎЗO‘Z

"Barselona" Kike Seten boshqaruvidagi debyut o‘yinda g‘alaba qozondi (video)

20 yanv, 10:16 2 155 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Barselona" Kike Seten boshqaruvidagi debyut o‘yinda g‘alaba qozondi (video) Leoning goli “Barselona”ga “Granada” ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Ushbu gol Messi uchun 2020 yildagi birinchisi bo‘ldi. Shu tariqa argentinalik hujumchi La Liga doirasida ketma-ket 16 yildan beri gol urayotgan ilk futbolchiga aylandi.
"Granada" uchrashuvning 69-daqiqasidan keyin Sanchesning chetlatilishi natijasida uchrashuvni kamchilikda tugatdi. Lionel Messi o‘yinning 76-daqiqasida Vidalning uzatmasini golga aylantirib, yangi murabbiy Setenning debyuti muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minladi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng "Barselona"ning ochkolari soni 43taga yetdi va bu borada kecha "Sevilya"ni dog‘da qoldirgan "Real"ni quvib yetdi. Ayni paytda turnir jadvalida bir xil ochko to‘plagan ikki azaliy raqiblar orasida to‘plar nisbatiga ko‘ra "Barselona"yetakchilikni qo‘lga olgan.

Barselona – Granada 1:0
Gol:
1:0 – 76 Messi.
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Umtiti, Alba, Buskets, Vidal (Artur, 83), Rakitich (Puch, 71), Fati (Karles Peres, 79), Messi, Grizmann.
Granada – Ruy Silva, Fulke, Xerman Sanches, Duarte, Dias, Vadilo (Puertas, 65), Gonalon, Eteki (Martines, 72), Aziz (Errera, 56), Machis, Fernandes.
Ogohlantirishlar: Machis (12), Xerman Sanches (59), Fernandes (72).
Chetlatish: Xerman Sanches (69).




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 92
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 43
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 76
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 37
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 267
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 215
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 92
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 19
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 43
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 53
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 76
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 37
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 267
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 75
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 70
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 82
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 122
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 34
  • Bo‘limlar