“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:28
ЎЗO‘Z

Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov Tailandda O‘zbekiston OTJ bilan uchrashdi

18 yanv, 23:24 2 606 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov Tailandda O‘zbekiston OTJ bilan uchrashdi Xabar berganimizdek, U-23 Osiyo chempionatida terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun taniqli murabbiylarimiz Ro‘ziqul Berdiyev hamda Vadim Abramov bugun Tailandga yetib kelishdi. Har ikki mutaxassis biroz avval terma jamoamiz vakillari bilan uchrashib, ularni ruhlantirdilar. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

- Yigitlar, biz Toshkentda barcha o‘yiningizni ko‘rib turdik. Ha, Koreyaga qarshi o‘yin qiyin bo‘ldi. Lekin musobaqani kuzatib borayotgan mutaxassis sifatida shuni ayta olamanki, boshqa hech bir jamoaning Sizlardan ustun joyi yo‘q. Janob Drulovich yaxshi murabbiy. Ishonamizki, bu kishidagi bor tajriba Sizlarni kerakli natijaga erishishingiz uchun yetarli. Buyog‘iga har bir raqibni “yanchib” tashlash kerak. Nasib qilsa, Koreyadan finalda revansh olamiz, – dedi “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev.

- Barchangizning imkoniyatingizni yaxshi bilamiz. Sizlar o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochishga juda yaqin turibsizlar. Buyog‘iga ham bo‘shashmasdan faqat olg‘a harakat qilish kerak. Uyda ota-onangiz va xalqimiz Sizlardan g‘alaba kutishmoqda, – dedi O‘zbekiston MTJ va “Bunyodkor” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov.

Ta’kidlash joiz, murabbiylar ertaga terma jamoamizning BAAga qarshi bahsi oldidan yigitlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishgan va Lyubinko Drulovich boshchiligidagi murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo halal berishmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 1
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar