“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 19:41
ЎЗO‘Z

Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

18 yanv, 19:07 2 040 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi Foto: Dzyudo federatsiyasi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga bo‘ldi, deb xabar bermoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Tashrif davomida Vizer Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev va boshqa mutasaddilari bilan uchrashgan. Vizerning O‘zbekistonga tashrifidan asosiy maqsad – O‘zbekiston va Xalqaro dzyudo federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, «Dzyudo maktablarda» dasturi doirasida ikki tomonlama Memorandum imzolash va 2021 yili kattalar o‘rtasida o‘tkaziladigan Jahon chempionati mezbonligini Toshkent shahriga topshirishdan iborat bo‘lgan.

Xalqaro dzyudo federatsiyasining «Dzyudo – maktablarda» dasturi yuzasidan to‘rt tomonlama Memorandum imzolanib, dastur doirasida IJF tomonidan har bir maktabga bir dona tatami va bolalar uchun 50 ta kimono taqdim etilishi qayd etilgan.

O‘zbekistonda hozirgacha 20 ta maktabda dzyudo to‘garaklari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, Memorandumga ko‘ra ular soni 40 taga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. IJF 40 ta maktabga tatami va kimono taqdim etish bilan birga murabbiylarga maosh to‘laydi.

Foto: Dzyudo federatsiyasi
Vazir Dilmurod Nabiyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidentini «Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. So‘ngra Marius Vizer Toshkent shahrini 2021 yilgi kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati mezboni sifatida e’lon qildi.

Foto: Dzyudo federatsiyasi
- Aslida 2021 yilgi Jahon chempionati Avstriya poytaxti Vena shahrida o‘tkazilishi kerak edi. Lekin u yerdagi siyosiy vaziyat, aniqrog‘i siyosatning sportdan xoli emasligi yakunda o‘z qarorimizni o‘zgartirishga sabab bo‘ldi. Biz boshqa sport federatsiyalari qatori siyosatning sportga aralashuviga qarshimiz. Bu orada birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston tomoni jahon chempionati mezbonligi uchun o‘z nomzodini ilgari surdi. Biz federatsiya rahbari Azizjon Kamilov bilan Budapeshtda uchrashib, bu borada gaplashib olgandik.

Mamnuniyat bilan 2021 yilgi Jahon chempionati Toshkentda o‘tkazilishini e’lon qilamiz. 2022 yilgi Jahon chempionati Vengriyaning Budapesht, 2023 yilgi chempionat esa Qatar poytaxti Doha shahrida tashkil etiladi. 2025 yilgi musobaqa mezbonligiga esa hozirda 5-6 ta davlat da’vogarlik qilmoqda
, - deydi Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer.

Ma’lumot uchun, Toshkent ilk bora dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati musobaqasini qabul qiladi. Kelasi yilning sentabr oyida ko‘p tarmoqli «Humo Arena» majumasida Jahon chempionati hamda shu bilan birga IJF’ning yillik Kongressi ham o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 0
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 110
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 340
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 178
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 126
  • So'nggi yangiliklar
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 0
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 0
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 0
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Bo‘limlar