“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:09
ЎЗO‘Z

Bobir Abdixoliqov guruh bosqichidagi o‘yinlar, BAA va boshqalar haqida

18 yanv, 12:20 2 546 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bobir Abdixoliqov guruh bosqichidagi o‘yinlar, BAA va boshqalar haqida Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan Osiyo chempionatida chorak final bahsiga qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqda. MOQ matbuot xizmati jamoamiz hujumchisi Bobir Abdixoliqov bilan guruh bosqichi yakunlari va yigitlarimizning bo‘lajak o‘yinga olib borayotgan tayyorgarligi bo‘yicha suhbat tashkil etdi.

– Guruh bosqichini ko‘ngildagidek o‘tdi deya olasizmi?
– Xudoga shukur, ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqib oldik. O‘yinlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, shuni aytish lozimki, bizning guruhda juda kuchli jamoalar yig‘ilgan edi. O‘yinlarimizdan to‘la ko‘ngil to‘ldi deya olmaymanku, lekin asosiy vazifani uddaladik. Endi keyingi bosqichga tayyorlanyapmiz. Buyog‘iga xato qilib bo‘lmaydi.

– Har bir o‘yinda yurtimizning turli hududlaridan kelgan ko‘p sonli muxlislarimiz sizlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ularning shunday qo‘llab turishi qanchalik dalda bo‘lmoqda?
– Bu borada muxlislarimizga katta rahmat aytib qolaman. Biz ularning qo‘llab-quvvatlashlarini his qilib turibmiz. Shuningdek, yurtimizda ota-onalarimiz, millionlab vatandoshlarimiz ham duo qilishmoqda. Biz buni his qilgan holda maydonga tushyapmiz. Ularning bunday qo‘llab turishi bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Xudo xohlasa, mana shunday qo‘llab turishlari ortidan biz Olimpiadaga chiqamiz.

– Mana, chorak final o‘yini ham yaqinlashib kelmoqda. Raqib biz uchun qanchalik tanish?
– Biz BAA jamoasi bilan tayyorgarlik doirasida bir marotaba o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazganmiz. Rasmiy o‘yin bo‘lmagani uchun ular ham, biz ham bor kuchimiz bilan o‘ynamagan edik. Chorak final bitta o‘yindan iborat. Shuning uchun unga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak. Aytib o‘tganimdek, xato qilishga haqqimiz yo‘q endi. Allaqachon o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Raqibning guruh bosqichidagi o‘yinlarini tahlil qilib chiqyapmiz. Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.

Eslatib o‘tamiz, BAA – O‘zbekiston jamoalari o‘rtasidagi chorak final o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 25
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar