“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:40
ЎЗO‘Z

Lyubinko Drulovich BAAga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

18 yanv, 11:32 3 129 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lyubinko Drulovich BAAga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi? Xabaringiz bor, Tailandda 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda BAA bilan kuch sinashadi.

Mazkur bellashuvdan bir kun oldin jamoalar bosh murabbiylari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

- Bizni katta o‘yin kutyapti. O‘rtoqlik o‘yinida BAA juda kuchli xarakat qilgan va g‘alaba qozongan. Raqibga nisbatan tiklanishga vaqtimiz ko‘proq edi. Biz orzuimiz sari intilishda davom etamiz. Niyat Olimpiada o‘yinlari.

Bizda avvalgi turnirda ishtirok etgan 8 nafar futbolchi bor. Ularning tajribasi ko‘proq. Biroq bu safargi turnir Olimpiada uchun. O‘yinlar og‘ir bo‘lyapti. Hammada motivatsiya yuqori. Chempionlikni himoya qilish oson emas. Biz, albatta, eng yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz.

Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvdan keyin men aytgandimki, biz turnir yetakchilari bilan o‘ynadik va guruhdan chiqdik. Bu esa oson kechgani yo‘q. Biz bu safar kuchimizni to‘liq tiklashimizga ishonchim komil. BAAga qarshi uchrashuvgacha jismoniy holatimiz yaxshilanadi.

Bellashuvlar juda keskin o‘tdi. Bitta gol farqi ko‘p uchrashuv masalasini hal qildi. Yaponiya, Eron, Iroq, Qatar kabi kuchlilar esa guruhda qiyinchilikka duch kelishdi. Ayni vaqtda turnirning 8 ta eng kuchli terma jamoa qoldi. Buyog‘iga o‘yinlarni kichik detallar hal qilib qo‘yadi
, - dedi Drulovich.

Eslatib o‘tamiz, BAA - O‘zbekiston uchrashuvi 19 yanvar kuni "Rajamangala" stadionida o‘tkaziladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:15da start oladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 215
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 325
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 241
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar