“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 10:42
ЎЗO‘Z

Pley-offga chiqqanlar orasida, faqatgina BAA va O‘zbekiston murabbiylari Yevropadan

18 yanv, 00:11 2 280 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pley-offga chiqqanlar orasida, faqatgina BAA va O‘zbekiston murabbiylari Yevropadan Tailandda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqaning chorak final bosqichiga yo‘l olgan 8 ta terma jamoaning murabbiylariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Saad Ali Al-Shehri musobaqa davomidagi eng yosh murabbiy hisoblanadi. U 1980 yilning yanvar oyida tavallud topgan. U bungacha, Saudiya Arabistoni (U-20), "Al-Nahda", "Al-Ittifoq"(U-23) va "Al-Ittifoq" jamoarini boshqargan.
Asosan, 4-2-3-1 taktik sxemasini qo‘llaydi.

Yaponiyalik Akino Nishino mezbon mamlakat Tailand termasini chorak finalga olib chiqdi. UEFAning pro litsenziyasiga ega. Yaponiyaning turli yoshlarida va milliy terma jamoasida ham ishlagan. Tailandning ushbu musobaqadagi yoshlar terma jamoasidan tashqari, milliy termasini ham shug‘ullantiradi. "Kashiva Reysol", "Gamba Osaka", "Vissel Kobe" va "Nagoya Grampus" klublarini ham boshqargan.

Al-Shehri singari, yaponiyalik mutaxassis ham 4-2-3-1 taktikasini hush ko‘radi.

Avstraliya yoshlarini guruhdan olib chiqishni uddasidan chiqa olgan Graham Arnold murabbiylik faoliyatini Avstraliya terma jamoasining assistent murabbiy sifatida boshlagan. Frenk Farina, Guus Xiddink va Pim Verbek kabi mashxur murabbiylardan o‘rnak oligan tajribali mutaxassis mahalliy "Sentral Kost", "Sidney" va Yaponiyaning "Vegalta" klublarida ishlagan.
Arnold ham 4-2-3-1 taktik sxemasini ko‘proq ishlatadi.

60 yoshli Ayman Al-Hakim Suriya terma jamoasida ishlagan. Hozirda Suriya yoshlar terma jamoasi bilan ishlayotgan mutaxassis 1959 yilning dekabr oyida dunyoga kelgan. Mamlakatning bosh jamoasini 2010 yili bitta uchrashuvda boshqargan. 2016 yilning may oyidan boshlab, 2017 yilning noyabrigacha esa 13 ta bahsda terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lgan.
Al-Hakim ham asosan, zamonaviylashib ulgurgan 4-2-3-1 taktikasiga tayanadi.

Hak Bum-Kim guruh bosqichida 100% lik natijani qayd etgan yagona mutaxassis bo‘ldi. Uning shogirdlari barcha raqiblarini mag‘lub eta oldi. Deyarli, 2 yildan buyon, Janubiy Koreya yoshlari bilan ishlab kelayotgan murabbiy ilgari hech ham terma jamoalar bilan ishlamagan. Faoliyati davomida Xitoyning "Henan", mahalliy "Gangvon", "Sonnam", "Gvangju" klublarining bosh murabbiyi bo‘lgan. Bungacha, "Chonan" va "Sonnam" klublarida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan va ham 4-2-3-1 sxemada o‘ynaydi.

UEFAning pro litsenziyasiga ega bo‘lgan yana bir mutaxassis Ahmad Abdulqodir 2016 yildan beri, Iordaniya yoshlari bilan ishlab kelmoqda. Ushbu yo‘lgacha, faqatgina assistent murabbiylik vazifasini bajargan. Boshqa murabbiylardan farqi u ko‘proq 3-4-2-1 taktik sxemasiga tayanadi.

O‘z taktikasini 4-4-1-1 sxemasiga joylashtiruvchi Skorza BAA termasini chorak finalga olib chiqdi va ushbu bosqichida O‘zbekistonga ro‘baro‘ keladi. 48 yoshli mutaxassis 2002 yili murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab, Polsha terma jamoasida yordamchi murabbiy bo‘lgan. Keyinchalik, mamlakataning bir qator klublarida boshchilik qildi. Shu qatorda, "Lex Poznan", "Legiya Varshava", "Visla Krakov" kabi mashxur jamoalarni boshqargan. Osiyoda esa "Al-Ittifoq" klubini 13 ta uchrashuvda maydonga boshlab tushgan va 2018 yilning martidan buyon, BAA yoshlari bilan ishlab kelmoqda. Polshalik mutaxassis ham UEFA pro litsenziyasiga ega!

Nihoyat, O‘zbekistonni boshqarayotgan Lyubinko Drulovichga navbat keldi. 51 yoshli mutaxassis 2005 yili futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan. 2008 yili Serbiyaning "Banan" jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan va shu yilning o‘zida Sloveniyaning "Drava" klubiga ko‘chib o‘tgan va 21 ta rasmiy uchrashuvda jamoani boshqargan. 2010 yilning yanvar oyida Angolaning "1-agushtu" klubida ish boshlab, 2011 yilning aprelida iste’foga chiqqan. Keyinchalik, Serbiyaning yoshlar terma jamoasida ishladi va 2014 yili mamlakat bosh jamoasining murabbiylar shtabiga kiritildi, ammo tez orada bu jamoadan ham ketdi. 2015 yili "Makedoniya" termasini boshqardi va shu yilning so‘nggi 3 oyida "Partizan" klubining bosh murabbiyi sifatida ishladi. 2019 yili faoliyatini boshladi va O‘zbekiston yoshlari bilan ishlab kelmoqda! Bungacha BAA yoshlar termasida ham ishlab ko‘rgan edi va ajab emas-ki, chorak finalda Drulovich ushbu terma jamoaga qarshi o‘yin taktikalarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Botirali Mahkamov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 0
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 107
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 138
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 107
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 170
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 138
  • Bo‘limlar