“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 12:38
ЎЗO‘Z

O‘FA: Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov Tailandga borishi borasida

16 yanv, 22:30 3 375 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘FA: Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov Tailandga borishi borasida Biroz avval saytimizda Ro‘ziqul Berdiyev Tailandga chaqirtirilgani borasida xabar chop etilgandi. Ushbu ma’lumotni aniqlashtirish maqsadida O‘FA media departamenti rahbari Davron Fayziyevga murojaat qildik va quyidagi javobni oldik.

- Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov borasidagi xabarlarga oydinlik kiritib ketmoqchiman. Ular haqiqatdan ham Tailandga tashrif buyuradi. Biroq murabbiylar shtabiga emas, rasman jamoada ishlash yoki tayyorgarlik jarayonida ishtirok etish uchun emas, shunchaki o‘z shogirdlarining o‘yinlarini stadiondan turib kuzatib borish hamda ularni ruhan qo‘llab-quvvatlash uchun yetib kelishni reja qilishgan, - dedi O‘FA media departamenti rahbari Davron Fayziyev.

Xabaringiz bor O‘zbekiston olimpiya jamoasi Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining chorak final bosqichiga yo‘l olgan. Vakillarimiz ushbu bosqichda 19 yanvar kuni BAA jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

«O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan futbolchilarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida yana katta muxlislar guruhi shakllantirilmoqda. Ayni paytda Tailandda Toshkent, Urganch, Buxoro, Andijon, Asaka, Qarshi, Farg‘ona, Namangan kabi ko‘plab shaharlardan tashrif buyurgan muxlislar, «Qo‘qon-1912» klubi direktori va boshqa bir qator futbol mutasaddilari, ashaddiy muxlislar jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu o‘zbek futboli muxlislarining o‘ziga xos yangi to‘lqini, milliy sport g‘oyasidir. Ahamiyatlisi, mana shunday muxlislar orasida taniqli murabbiylarimiz Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramovning ham Bangkokka tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Olimpiya jamoasi tarkibida «Nasaf» (10) va «Bunyodkor» (5) klublarining o‘yinchilari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Berdiyev va Abramovning Tailandga kelishidan asosiy maqsad futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash va ularni yanada ruhlantirishdan iboratdir. Murabbiylar 18 yanvar kuni Bangkokka yetib kelishadi.

Ta’kidlash joiz, har ikki mutaxassis OTJ murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo aralashmaydi. Terma jamoamiz Lyubinko Drulovich va Ravshan Haydarov boshchiligida bo‘lajak bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi. Berdiyev va Abramov esa uchrashuvdan oldin o‘z shogirdlariga ruhiy dalda berish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishmoqda» - deya yoziladi O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy saytida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • So'nggi yangiliklar
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 6
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Bo‘limlar