“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:19
ЎЗO‘Z

“Mash’al”ga portugaliyalik murabbiy kelmoqda

13 yanv, 18:13 2 873 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Mash’al”ga portugaliyalik murabbiy kelmoqda O‘tgan mavsumni A Pro-ligada o‘tkazgan “Mash’al” ikki yillik tanafusdan so‘ng yana Superligaga qaytganidan xabardorsiz.
Saytimiz “Mash’al”da qishki tayyorgarliklar qanday kechayotganligi va klubdagi yangiliklar bilan qiziqib ko‘rdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Asror Aliqulov boshchiligidagi “gazchilar” yangi mavsumga tayyorgarlikni Muborakda davom ettirmoqda. Jamoa tarkibida hozircha jiddiy o‘zgarishlar yo‘q. Biroq tarkibga legionerlar kelib qo‘shilishi ehtimoli yuqori.

Ta’kidlanishicha klub rahbariyati hujum chizig‘iga legioner futbolchi olib kelishni rejalashtirgan. Agar klubda homiylik masalasi ko‘ngildagidek hal bo‘ladigan bo‘lsa, “Mash’al” o‘z tarkibini kuchaytirishga e’tibor qaratadi va jamoa oldiga Superligada kuchli beshlikka kirish vazifasi qo‘yiladi.

Shuningdek klubga oid yana bir muhim yangiliklardan biri “Mash’al”ga 41 yoshli portugaliyalik mutaxassis Paulo Menezesning bosh murabbiy bo‘lib kelayotganligidir. Aniqlanishicha, ayni paytda xorijlik murabbiy bilan muzokaralar davom etmoqda va uning O‘zbekistonga kelishi uchun viza masalasida ishlar olib borilyapti.

Shuningdek, murabbiyga Hindiston va Tailand klubidan ham takliflar bo‘layotganligi aytilmoqda. Demak, katta ehtimol bilan 2020 yilgi mavsumda “Mash’al”ga xorijlik mutaxassis murabbiylik qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar