“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:19
ЎЗO‘Z

Ispaniya kubogi. «Barselona» minimal hisobda «Atletiko»ni mag‘lub etdi

22 yanv, 09:53 5 779 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ispaniya kubogi. «Barselona» minimal hisobda «Atletiko»ni mag‘lub etdi Ispaniya kubogining chorak finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda "Barselona" o‘z maydonida "Atletiko" ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Kubok bahsi bo‘lgani uchun jamoalar asosiy e’tiborni o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yubormaslikka qaratishdi. O‘yinda ko‘p vaziyatlar yuzaga kelmadi. Kataloniyaliklar har ikkala bo‘limda ikkitadan xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi va ulardan bittasini golga aylantirishdi. O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Busketsga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik natijasida "Atletiko" darvozasiga penalti belgilandi. Lionelning 11 metrli nuqtadan yo‘llagan zarbasini madridliklar darvozaboni Yan Oblak qaytardi, ammo Messining o‘zi qaytgan to‘pni darvozaga yo‘lladi.

"Barselona" ishonchli hisobda g‘alaba qozona olmadi, ammo ular o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi. Javob o‘yinida ham to‘p nazorati Enrike shogirdlari tomonida bo‘lishini inobatga olsak, bugungi natija ularni qanoatlantirgan bo‘lsa ajab emas. Javob o‘yini esa bir haftadan keyin "Visente Kalderon" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya kubogi, chorak final, dastlabki o‘yinlar
Barselona – Atletiko 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 85 Messi.
Noaniq penalti: Messi (85)
Barselona – ter Stegen, Dani Alves, Buskets, Pike, Alba, Inesta (Bartra, 88), Maskerano, Rakitich (Xavi, 77), Neymar, Messi, Suares.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Miranda, Godin, Sikeyra, Suares, Gabi (Ximenes, 87), Koke, Turan, Grizmann (Garsiya, 66), Torres (Mandjukich, 46).
Ogohlantirishlar: Xuanfran (45), Suares (78), Maskerano (80), Mandjukich (82), Gabi (84), Godin (90).

Vilyarreal – Xetafe 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 85 Soriano.
Vilyarreal – Asenxo, Rukavina, Paulista, Kosta, Dorado, Trigeros, Pina (Soriano, 57), Cherыshev, Mario Gaspar (Gomes, 57), dos Santos (Vetto, 72), Moreno.
Xetafe – Lopes, Velaskes, Vigaray, Arroyo, Eskudero, Felip, Rodriges, Sammir (Lago, 80), Inestrosa, Yoda (Sarabiya, 76), Buendía (Kastro, 69).
Ogohlantirishlar: Felip (42), Rodriges (43).

Malaga – Atletik 0:0
Malaga – Ochoa, Anxeleri, Rosales, Veligton, Boka, Samu (Luis Alberto, 82), Anor (Tissone, 65), Orta (Kastilexo, 73), Resio, Amrabat, Xuanmi.
Atletik – Errerin, Riko, Gurpegi, Laport, Balensiaga, Gomes (Susaeta, 59), Iturraspe, Lopes (Akeche, 84), De Markos, Muniain, Uilyams (Aduris, 78).
Ogohlantirishlar: Laport (55), Resio (62), Veligton (81).

Manba: www.stadion.uz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 222
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 140
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 60
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar