“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 02:24
ЎЗO‘Z

«Shalke 04» Eldor Shomurodov uchun «Rostov»ga 15 million yevro to‘lamoqchi

04 yanv, 00:30 3 982 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Shalke 04» Eldor Shomurodov uchun «Rostov»ga 15 million yevro to‘lamoqchi Germaniyaning «Shalke 04» klubi Rossiyaning «Rostov» va O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, gelzenkirxenliklar qishki transferlar oynasidayoq o‘zbek hujumchisini sotib olishni istashmoqda. Shu maqsadda klub Rossiya tomoniga barcha bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 15 million yevro taklif qilgan. Unga ko‘ra, «Shalke» kelishuvga erishgan taqdirda dastlab 10 million yevro to‘laydi va qo‘shimcha bonuslar bilan yana 5 million yevroni «Rostov» hisobiga o‘tkazib beradi.

Hozircha, «Rostov» vakillari bu taklifga aniq javob bermagani aytilmoqda. Ammo «Sport TV»ning instagram kanalida xabar qilinishicha, Shomurodovning nemis klubiga transfer qilinishi masalasi hal bo‘lish arafasida.

Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minovning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyaning yana bir jamoasi «Shtutgart» hujumchi uchun 10 million yevro berishga tayyor bo‘lib turibdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisining ayni vaqtdagi narxi 6,5 million yevroni tashkil qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 69
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 277
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 137
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 24
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 66
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 23
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 28
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 42
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 59
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 64
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 110
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 104
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 114
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 397
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 137
  • Bo‘limlar