“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 13:10
ЎЗO‘Z

«Fox Sports Asia» Osiyoning eng yaxshi futbolchisini aniqladi

03 yanv, 16:49 2 781 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Fox Sports Asia» Osiyoning eng yaxshi futbolchisini aniqladi O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov qit’aning nufuzli sport saytlaridan biri sanalmish «FOX Sports Asia» tomonidan «Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida 24 nafar nomzodlardan biri sifatida kiritilgandi.

3 yanvar kuni «Titan Sports» va «FOX Sports Asia» tomonidan aniqlanib kelinayotgan ushbu nominatsiyaning g‘olibi aniqlandi. Bu safar ham Janubiy Koreya va «Tottenhem» klubi futbolchisi Son Xyon Min Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Angliya Premer-ligasi va Yevropa Chempionlar ligasida ajoyib o‘yinlar namoyish etgan futbolchi jami ovozlarning 31,6 foiziga ega chiqib, 258 ochko to‘pladi.

Shuningdek, kuchli uchlikdan qatarlik Akrom Afif («As-Sadd», 114 ochko) va yaqinda «Liverpul»ga o‘tgan yaponiyalik Takumi Minamino (90 ochko) joy oldi.

Nashr jurnalistlari o‘rtasidagi so‘rovnomada hamyurtimiz Eldor Shomurodov 13-o‘rinni egalladi. «Rostov» va O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi 10 ochko olgan.
Ma’lumot uchun, 2013 yildan buyon «Titan Sports» va «FOX Sports Asia» tomonidan aniqlanib kelinayotgan ushbu nominatsiyaning amaldagi g‘olibi ham janubiy koreyalik Son Xyon Min sanalardi.

«Osiyoning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi». So‘rovnoma yakuni:
1. Son Xyon Min (Tottenhem), Janubiy Koreya - 258 ochko
2. Akrom Afif (As-Sadd), Qatar – 114
3. Takumi Minamino (Zalsburg/Liverpul), Yaponiya – 90
4. Ali Almoyez (Duhayl), Qatar - 64
5. Sardor Ozmun (Zenit), Eron - 58
6. Bafetimbi Gomis (Al-Hilol), Fransiya - 49
7. Vu Ley (Espanol), Xitoy - 29
8. Salim Al-Dovsari (Al Hilol), Saudiya Arabistoni – 26
9. Bag‘dod Buneja (As-Sadd), Jazoir - 15
10. Paulino (Guanjou Evergrand), Braziliya - 14
11. Li Kang In (Valensiya), Janubiy Koreya - 13
12-13. Tiirathon Bunmatan (Yokohama Marinos), Tailand - 10
12-13. Eldor Shomurodov (Rostov), O‘zbekiston - 10
14. Sebastyan Jovinko (Al-Hilol), Italiya - 9
15. Umar As-Soma (Al Ahli), Suriya - 8
..19. Ali Mabhut (Al-Jazira), BAA – 7
20. Yuto Nagatomo (Galatasaroy), Yaponiya - 5
24. Arslanmirat Amanov (Lokomotiv), Turkmaniston – 1 ochko.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Madrimov—Krouford oqshomida Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi 18 мая, 09:05 64
  • Xavi eng katta xatosini tan oldi 18 мая, 08:11 99
  • Turkiya chempionati. Turg‘unboyev super gol urgan o‘yinda "Sivasspor" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi 18 мая, 07:00 145
  • Xavi katta umidlar bilan olib kelingan yulduzni nega o‘ynatmaganini aytdi 17 мая, 22:39 238
  • “Barsa”da o‘ynagan futbolchi Fayzullayevni qanchaga transfer qilish mumkinligini aytdi 17 мая, 22:15 461
  • Boks. 11 nafar bokschimiz Xabarovskdagi turnir finaliga chiqdi 17 мая, 22:00 170
  • So'nggi yangiliklar
  • “Boxo zavxoz” laqabi bilan tanilgan Bahodir Sultonov 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi 18 мая, 12:37 0
  • Malayziya bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi 18 мая, 11:12 11
  • Putin: Rossiya va Xitoy yangi gaz quvurini quradi 18 мая, 10:25 67
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi 18 мая, 09:32 56
  • Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi 18 мая, 09:26 49
  • Madrimov—Krouford oqshomida Shahram G‘iyosov ham ringga ko‘tariladi 18 мая, 09:05 64
  • Xavi eng katta xatosini tan oldi 18 мая, 08:11 99
  • Yevropa hududida Rossiyaning «RIA Novosti», «Izvestiya» va «Rossiyskaya gazeta» nashrlari taqiqlandi 18 мая, 07:43 34
  • Pelening portreti auksionda yarim million yevroga sotildi. Xaridor hammaga tanish 18 мая, 07:19 158
  • Turkiya chempionati. Turg‘unboyev super gol urgan o‘yinda "Sivasspor" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi 18 мая, 07:00 145
  • Berlindagi Apple do‘koniga qizil bo‘yoq sepib ketishdi 18 мая, 06:42 69
  • AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Saudiya Arabistoni va Isroilga boradi 18 мая, 06:00 30
  • Bo‘limlar