“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 10:02
ЎЗO‘Z

Eldor Shomurodov uchun Germaniya klubi 15 million yevro bermoqchi

03 yanv, 11:25 4 042 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eldor Shomurodov uchun Germaniya klubi 15 million yevro bermoqchi «Rostov» klubi to‘purari Eldor Shomurodov qishki transfer oynasida Rossiya Premer-ligasini tark etishi mumkin. Bu haqda «Sport-Ekspress» nashri xabar bermoqda.

«Rostov» klubi rahbariyati o‘z futbolchilariga xaridorlarning ko‘pligidan biroz hayron ham qolmoqda. Asosiy tarkibning deyarli barcha futbolchilariga boshqa klublar tomonidan qiziqish mavjud. Transfermarkt.de portalida futbolchilarning umumiy bahosi 39 milliondan 52 million yevrogacha o‘sgan.

Dekabr oyida «Rostov» futbolchilari orasida eng ko‘p narxi o‘sgan futbolchi – Eldor Shomurodov bo‘ldi. Uning bahosi 2,5 milliondan 6,5 million yevroga ko‘tarildi.

Shomurodovning agenti sanalmish Qahhor Mo‘minovning aytishicha, yozda o‘zbekistonlik futbolchi uchun Germaniyaning «Shtutgart» klubi 10 million yevro taklif qilgan. Hozirga kelib esa, Bundesliganing yana bir klubidan og‘zaki taklif tushgan: «Shomurodovni 15 million yevroga qo‘yib yuborasizlarmi?» - deyiladi nashr xabarida.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov ushbu mavsumda «Rostov» klubi safida Rossiya Premer-ligasida 19 o‘yinda 10ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 274
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 429
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 359
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Bo‘limlar