“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:44
ЎЗO‘Z

Mirjalol Qosimov: "AGMK jamoasi rivojlanish va o‘sish bosqichida"

27 dek, 08:30 2 269 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirjalol Qosimov: "AGMK jamoasi rivojlanish va o‘sish bosqichida" AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jamoa bilan yangi shartnoma imzolagach klub axborot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirdi.
— "Avvalambor klub rahbariyatiga bildirilgan ishonch uchun tashakkur. O‘tgan mavsum jamoamizning birinchi davradagi ishtirokidan keyin tegishli xulosalar chiqarib, mavsumni ikkinchi qismida vaziyatni yaxshi tarafga o‘ngladik. Davralar oralig‘idagi tanaffusdan keyin jamoaning ichki muhiti yaxshilandi va bu o‘yin hamda natijalarda ham yaxshi taraflama aks etdi. O‘zaro o‘yin ko‘nikmasi hamda tushunchasi shakllandi.

Ayni paytda AGMK jamoasi rivojlanish va o‘sish bosqichida. O‘tgan mavsumda boshlagan ishimizni yangi yilda ham davom ettirib, jamoaviy o‘yinni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha jiddiy ishlaymiz. Maqsad AGMKni yuqori darajaga olib chiqish. Katta ishlar asta-sekinlik amalga oshiriladi. Dastlabki yilgi xato yoki kamchiliklar yangi mavsumda muvaffaqiyat qozonishimiz uchun tegishli xulosalarni berishi mumkin.

Xudo xohlasa yangi mavsumda Olmaliq shahri hamda jamoamiz muxlislarini xursand etish uchun qattiq ishlaymiz. Shu o‘rinda doimo jamoamiz uchun qayg‘urib, bizga dalda bo‘lib kelgan ishqibozlarimizga rahmat aytaman. Aynan ularning olqishi AGMK jamoasining katta maqsadlar yo‘lidagi mashaqqatli ishini osonlashtiradi", - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Mirjalol Qosimov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 90
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 297
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 196
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar