“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:12
ЎЗO‘Z

Dzyuba — Rossiyaning eng yaxshi futbolchisi, Shomurodov – to‘rtinchi

24 dek, 07:30 2 720 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dzyuba — Rossiyaning eng yaxshi futbolchisi, Shomurodov – to‘rtinchi «Zenit» klubi va Rossiya milliy jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba Rossiya Futbol Ittifoqi (RFI) va «Sport-Ekspress» nashri talqiniga ko‘ra, Rossiyaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Rossiyaning «Oltin to‘p» sovrini uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada milliy jamoa bosh murabbiyi, RPL klublari bosh murabbiylari, klublar menejerlari, «Sport-Ekspress» jurnalistlari, shuningdek muxlislar ham ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Artyom Dzyuba 222 ochko bilan birinchi, «Monako» yarimhimoyachisi Aleksandr Golovin 156 ochko bilan ikkinchi, «Lokomotiv» yarimhimoyachisi Gjegoj Krixovyak 129 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

«Rostov» klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 82 ochko bilan to‘rtinchi bo‘ldi.

Qayd qilish joizki, Rossiyaning «Oltin to‘p» sovrini RFI va «Sport-Ekspress» nashri tomonidan 4 yil oldin ta’sis etilgan bo‘lib, 2016 yilda uni «Krasnodar» hujumchisi Fyodor Smolov, 2017 yilda «Spartak» hujumchisi Kvinsi Promes va 2018 yilda «Zenit» hujumchisi Artyom Dzyuba qo‘lga kiritgan edi.

Top-10 Rossiyaning 2019 yilgi eng yaxshi futbolchilari:
222 – Artyom Dzyuba («Zenit»)
156 – Aleksandr Golovin («Monako»)
129 – Gjegoj Krixovyak («Lokomotiv», Polsha)
82 – Eldor Shomurodov («Rostov», O‘zbekiston)
60 – Georgiy Jikiya («Spartak»)
39 – Igor Akinfeyev (SSKA)
23 – Sardor Ozmun («Zenit», Eron)
23 – Vilmar Barrios («Zenit», Kolumbiya)
23 – Aleksey Miranchuk («Lokomotiv»)
22 – Mariu Fernandes (SSKA)




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 25
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar