“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:49
ЎЗO‘Z

Uli Shtikile: «Pley-offdagi har bir o‘yin qiziqarli bo‘ladi»

21 yanv, 14:05 6 199 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uli Shtikile: «Pley-offdagi har bir o‘yin qiziqarli bo‘ladi» Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Uli Shtilike hamda terma jamoa hujumchisi Son Xen Min ishtirok etishdi.

Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Uli Shtilike o‘z jamoasini musobaqada to‘xtab qolish niyati yo‘q ekanini aytib o‘tdi.

«Pley-offning barcha o‘yini qiziqarli kechadi. Biz Osiyo Kubogi bahslarining yarmiga keldi. Bu yog‘iga to‘xtab qolish niyatimiz yo‘q va biz turnirda g‘alaba qozonish uchun oxirigacha kurashamiz. Biz Avstraliyaga aynan shunday maqsadda kelganmiz», - deydi Shtilike.

«O‘zbekiston guruh bosqichida sovg‘a ko‘rsatdi va pley-offga chiqdi. Ular ertaga avvalgi o‘yinlarini o‘tkazgan stadionda yana o‘ynashadi. Bu O‘zbekiston terma jamoasiga kichik ustunlik berishi mumkin», - deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

«Raqib o‘z o‘yiniga istaganicha o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Biz esa o‘zimiz haqimizda o‘ylashimiz kerak. Muhimi bizning futbolchilar maydonda qanday o‘ynashlari. Biz professionallarmiz. Har bir futbolchi maydondagi hatti-harakatini etarlicha baholay olishi va kerak paytda muhim qaror qabul qilishi lozim».

«Tarkibimiz ancha yangilandi. Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilardan ko‘pchilik hozirgi tarkibimizda yo‘q. Biz yangi va yosh jamoa shakllantirmoqchimiz. Ertaga O‘zbekistonga qarshi guruh bosqichida Ummon va Avstraliya terma jamoalariga qarshi ko‘rsatgan o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz», - dedi Shtilike

Manba: www.Stadion.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 126
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 55
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 197
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 134
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar