“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:34
ЎЗO‘Z

Baxtiyor Ashurmatov: “Qo‘qon futbolini yuqori darajaga olib chiqish, muxlislar mehrini qozonish uchun yurakdan ishlayman”

15 dek, 10:00 1 842 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxtiyor Ashurmatov: “Qo‘qon futbolini yuqori darajaga olib chiqish, muxlislar mehrini qozonish uchun yurakdan ishlayman” Barchangizga ma’lumki “Qo‘qon-1912” futbol klubiga Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy etib tayinlandi.
Bu voqea barcha OAV xodimlari hamda muxlislar o‘rtasida anchagina qizg‘in muhokama qilindi va bu jarayon davom etmoqda. Jurnalistlar hamda muxlislarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olish maqsadida, “shunqorlar”ning yangi bosh murabbiyi bilan suhbat o‘tkazdik.

- Assalomu alaykum. "Qo‘qon-1912" jamoasiga kelishingiz qanday amalga oshdi. Klub bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz?
- Va alaykum assalom. “Qo‘qon-1912” futbol klubiga, jamoa rahbari Baxtiyor aka Tolipov tomonidan taklif bo‘ldi. Qo‘qonga kelib jamoa rahbarlari bilan ko‘rishdik va maslahatlashib ishni boshladim. Gapni ochig‘i qachondir Qo‘qon jamoasini boshqarishni niyat qilib yurardim. Va bu niyatim amalga oshdi. Men uchun shartnoma muddati muhim emas. Men uchun eng asosiysi rahbariyat va muxlislar ishonchini oqlash. Niyatim “Qo‘qon-1912” jamoasida ko‘proq vaqt davomida ishlash va Qo‘qon jamoasining yukori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoalar safiga qaytarish. Yurakdan ishlasak xudo hohlasa natija yaxshi bo‘ladi, natija bo‘lgach shartnoma muddati ham uzayaveradi. Imkoniyatdan foydalanib ishonch bildirishgani uchun jamoa rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

- Jamoa rahbariyati oldingizga qanday maqsad va vazifalarni qo‘yishdi?
- Jamoa rahbariyati jamoani barqaror o‘yin ko‘rsatadigan, muxlislarga manzur bo‘ladigan jamoaga aylanishini istashadi va bu yo‘lda tinimsiz mehnat qilishmokda. Rahbariyat oldimga yaqin yillar ichida jamoani yukori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylantirishni vazifa kilib qo‘yishmokda. Rahbarlarimizning orzusi “Qo‘qon-1912” jamoasini Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etishini ko‘rish. To‘g‘ri bu bosqichma bosqich amalga oshiriladi. Lekin ishonchim komilki xudo xoxlasa “Qo‘qon-1912” tez orada yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanadi. Bu yilgi mavsum uchun anik vazifa esa mavsum boshlanishidan oldin rahbarlar bilan bo‘ladigan uchrashuvda belgilanadi.

- "Qo‘qon-1912" murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam beradi?
- Murabbiylar shtabida menga Qo‘qon futboli uchun ko‘p mehnati singgan Aziz To‘xtaboyev, darvozabonlar murabbiyi Andrey Baklanovlar yordam berishadi. Shuningdek murabbiylar shtabida Muhiddin aka Abduvaliyev ish olib boradi. Murabbiylar shtabining to‘liq tarkibini yangi yilgacha aniqlab olamiz.

- Jamoa qachondan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi? Rejalar haqida gapirib bersangiz?
- Yangi mavsumga tayyorgarlikni 20 dekabrdan Qo‘qon shahrida boshlaymiz. Qo‘qonda 28 dekabrgacha bo‘lamiz. Yangi yil bayramini o‘tkazib olganimizdan keyin tayyorgarlikning keyingi bosqichini 4 yanvardan 24 yanvargacha Toshkentda o‘tkazamiz. Xudo xoxlasa 26 yanvardan Farg‘ona shahrida bo‘ladigan Hokim kubogi musobaqasida ishtirok etamiz. Keyingi rejalarimizda, imkoniyatlarimizga qarab Turkiyada yoki yana Toshkent shahrida yig‘in olib boramiz. Tayyorgarlikning aniq rejasini 1-2 kunda tasdiqlab olamiz.

- "Qo‘qon-1912" jamoasining o‘tgan mavsumdagi o‘yinlarini kuzatib borganmisiz?
- Albatta, “Qo‘qon-1912” jamoasining o‘yinlarini kuzatib bordim. Bu jamoa ona shahrim jamoasi bo‘lgani uchun hech qachon qo‘qonliklarning ishtiroklariga befarq bo‘lmaganman. O‘tgan mavsumlarda Qo‘qonda ishlagan murabbiylar yaxshi jamoa tuzishdi. Lekin ko‘p o‘yinlarda omad yetishmadi deb o‘ylayman. Shu o‘rinda o‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912” jamoasiga mehnatlari singgan murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman. No‘mon aka Xasanov, keyin Aziz To‘xtaboyev mehnat qilishdi. Mavsum oxirida esa Timur Kapadzening ham xizmatlari katta bo‘ldi.

- Tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladimi? Qaysi chiziqlarni kuchaytirish lozim deb hisoblaysiz?
- Albatta tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladi. Eng asosiysi jamoa o‘zagini saqlab qolishimiz kerak. Jamoa sardori, jamoa uchun jonini berib o‘ynaydigan Murod Xolmuhammedov, Quvondiq Ro‘ziyev va boshqa bir nechta yetakchi futbolchilarni saqlab qolmoqchimiz. Va qo‘shimcha har bir pozitsiyaga yaxshi saviyadagi futbolchilarni taklif qilishimiz kerak bo‘ladi. Aytib o‘tganimdek oxirgi paytlarda jamoani omad tark etgan. O‘z mehnatimiz bilan omad yana biz bilan hamroh bo‘lishini istaymiz. Muxlislarimiz ozgina jamoaga ishonchlarini yukotishgan. Biz chiroyli, jangovor o‘yinlarimiz bilan muxlislarimiz ishonchini qaytarishimiz kerak. Muxlislarimizning mehrini qozonishimiz kerak.

Oxirgi paytda murabbiylik faoliyatim bir tekisda kechmayapti. Muxlislarda ham ikki xil fikr paydo bo‘lgan. Shu sababli Qo‘qonda ko‘p yillar davomida ishlab, murabbiy sifatida yangi darajaga chiqmokchiman. Qo‘qon shahridan 17 yoshimda chiqib ketgan edim. Mana 26 yil o‘tib o‘z tug‘ilib o‘sgan shahrimga qaytibman. Xudo xoxlasa Qo‘qon futbolini yuqori darajaga olib chiqish, muxlislar mehrini qozonish uchun yurakdan ishlayman. Menga rahbariyat, muxlislar katta ishonch bildirishyapti. Bu ishonchni qadriga yetgan holda, ishonchni oqlash uchun bor kuchim bilan ishlayman.

- Qo‘qonlik muxlislarga tilaklaringiz?
- Kelayotgan yangi yil O‘zbekiston xalqi uchun, jamoamiz muxlislari uchun ilohim omadli kelsin. Futbolchilarimizning baxtiga muxlislarimiz doimo sog‘-salomat bo‘lishsin. Xonadonlarida faqat xursandchilik kunlar bo‘lsin. ”Qo‘qon-1912” jamoasining juda ham jonkuyar muxlislari bor. Ilohim yangi mavsumda stadionni to‘ldirib o‘tirishsin, jamoamizga ishonishsin. Xudo hohlasa futbolchilar bilan birgalikda har bir o‘yinda jangovor, muxlislarga manzur bo‘ladigan o‘yin namoyish qilish uchun harakat qilamiz.

Manba: kokand1912.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 0
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 46
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar