“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 19:59
ЎЗO‘Z

Osiyo kubogi-2015. Chorak finalni boshqarib boradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

21 yanv, 14:01 6 504 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Osiyo kubogi-2015. Chorak finalni boshqarib boradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi OFK Osiyo kubogining chorak final o‘yinlariga tayinlangan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yinni saudiya arabistonilik Fahad al-Mirdasiy boshqarib boradigan bo‘ldi.

Referiga qanotlarda hamyurtlari Badr ash-Shumroniy va Abdulla ash-Shalvay yordam berishadi.

Shuningdek, avstraliyalik Benjamin Uilyamsga Eron va Iroq o‘rtasidagi o‘yin ishonib topshirildi. O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘yinda yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolariga qaramay, OFK unga yana bir marta ishonch bildirdi.

O‘zbekistonlik Ravshan Ermatov chorak final o‘yinlariga tayinlanmadi. Hakamimiz keyingi bosqichda ishlashi kutilmoqda.

Osiyo kubogi-2015. Chorak final o‘yinlarini boshqarib boradigan hakamlar
JANUBIY KOREYa - O‘ZBEKISTON
Bosh hakam: Fahad al-Mirdasiy (S.Arabistoni)
1-yordamchi: Badr ash-Shumroniy (S.Arabistoni)
2-yordamchi: Abdulla ash-Shalvay (S.Arabistoni)

XITOY - AVSTRALIYa
Bosh hakam: Kim Dong Chjin (J.Koreya)
1-yordamchi: Chjeong Xe Sang (J.Koreya)
2-yordamchi: Yang Byong Eun (J.Koreya)

ERON - IROQ
Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
1-yordamchi: Metyu Krim (Avstraliya)
2-yordamchi: Pol Setrangolo (Avstraliya)

YaPONIYa - BAA
Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)
1-yordamchi: Rizo Suxandon (Eron)
2-yordamchi: Muhammad Abulfazli (Eron)

Manba: www.stadion.uz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 23
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 115
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 128
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 0
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Bo‘limlar