“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:20
ЎЗO‘Z

Yakunlangan mavsum kashfiyoti Mirjahon Mirahmadov bilan suhbat

15 dek, 08:15 2 523 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yakunlangan mavsum kashfiyoti Mirjahon Mirahmadov bilan suhbat “Qaldirg‘ochlar” uchun 2019 yil nihoyatda og‘ir, shuning barobarida muvaffaqiyatli o‘tdi. Vadim Abramov yosh futbolchilardan ajoyib jamoa tuza oldi. O‘tgan mavsum o‘rinbosarlar jamoasida o‘zini ko‘rsatgan bir qator o‘yinchilarga qo‘rqmasdan ishonch bildirdi. Ulardan biri, kashfiyot bo‘lishga nomzod futbolchi Mirjahon Mirahmadovdir. “Sug‘diyona”ga qarshi kechgan uchrashuvdan iqtidorli forvard bilan suhbatlashdik.

- Birinchi galda bronza medali va OChL yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani bilan tabriklaymiz. “Bunyodkor” uchun hal qiluvchi o‘yin bo‘lgan, barcha narsani hal qilib bergan “Sug‘diyona”ga qarshi kechgan o‘yin hususida to‘xtalib o‘tsangiz...
- Tabrik uchun tashakkur. Avvalgi ikkita o‘yinda g‘alaba nashidasini surgan bo‘lsakda, oxirgi tur hal qiluvchi ekanligini bilar edik. Kutilganidek qiyin o‘yin bo‘ldi. Raqib har jabhada munosib qarshilik ko‘rsatdi. Ularga qarshi birinchi davrada va kubok o‘yinida to‘p tepganimiz uchun, kuchli va ojiz tomonlarini nazariy mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqdik. Shunga qaramay oldimizda turgan vazifani bajardik. OChL chiptasi va bronza medalini qo‘lga kiritganimizdan xursandman.

- O‘tgan yili ham sizga Mirjalol Qosimov oz bo‘lsada imkoniyat bergan edi. Vadim Abramov esa sizni dastlabki turlardanoq asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Shu bois hayajon yoki bosimni his qilmadingizmi?
- Ilk turlarda ozgina bosim bo‘ldi. Menimcha, barchada kuzatiladigan holat bo‘lsa kerak. Lekin, vaqt o‘tgan sari o‘zimga bo‘lgan ishonch ortib bordi. O‘zimni yaxshi his qila boshladim. Yaqinlarim, do‘stlarim, murabbiylar menga dalda bo‘lib turdi. Vaziyatni tushunib turardim, hamma mendan gol kutardi. “Paxtakor” darvozasini ishg‘ol qildim, keyingi o‘yinlarda esa qulay imkoniyatlardan foydalana olmadim.

- Vadim Abramov bilan ishlash jarayoni qanday bo‘ldi. Ushbu mutaxassis qo‘l ostida ilk bor shug‘ullandingiz. O‘zaro tushunishda, uning uslubini o‘zlashtirishda muammolar bo‘lmadimi?
- Murabbiylar shtabi bilan ish olib borish juda qiziqarli bo‘ldi. Ularning berayotgan ko‘rsatmalarini, maslahatlarini bir oila bo‘lib bajardik. Barcha yagona maqsad ostida birlashdi. Boshida ikkinchi o‘rinni ko‘zlayotgan edik. Ammo, kutilmaganda o‘yinimizda pasayish yuz berdi. Ko‘rdingiz, yakunda uchinchi o‘rin nasib qildi. Keyingi yil chempionlik uchun harakat qilamiz. Yakunlangan mavsum shaxsan men uchun katta dars bo‘ldi. Qaysidir ma’noda katta tajriba orttirdim deya olaman.

- Umumiy hisobda 7ta gol urdingiz. Bu ko‘rsatkich hujumchi uchun kam emasmi? Qayd etgan natijangizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?
- To‘g‘ri aytdingiz. Yanada ko‘proq gol urishim mumkin edi. Ko‘p joyda xatoga yo‘l qo‘ydim. Endi kerakli xulosani chiqarib, keyingi mavsumda natijani yaxshilashga harakat qilaman.

- Mavsum oxirida jamoa o‘yinidagi pasayish nima bilan bog‘liq? Tig‘iz taqvim yoki charchoq alomatlari...
- Pasayish kuzatilgani rost. Bunday holat faqat bizda emas, qolgan jamoalarda ham ro‘y berdi. Biroq, so‘nggi uchta turga finalga chiqqandek tayyorgarlik ko‘rdik. Yilni boshidan qilib kelayotgan mehnatimizni qadrlashimiz uchun “Sug‘diyona” bilan o‘yinda ijobiy natija qayd etishimiz talab etilardi.

- Eshitishimizga qaraganda xorijdan takliflar bo‘layotgan ekan. Legionerga aylanishga tayyormisiz...
- Hamma qatori menda ham xorijda kuchli jamoalarda to‘p tepish niyatim bor. Qiziqishlar bo‘lsa bordir, mening xabarim yo‘q. Men hozir “Bunyodkor” futbolchisiman, shunday ekan faqat shu klub haqida qayg‘urishim lozim.

- Qaysi futbolchilarga havas qilasiz? Ularning harakatini kuzatib, o‘zingiz uchun kerakli narsa olasizmi?
- Ko‘pgina futbolchilarni misol qilib keltirishim mumkin. Zlatan Ibragimovich, Edinson Kavani, Luis Suares.

- Futbolchilikdagi orzuingiz...
- Terma jamoa bilan olimpiya o‘yinlarida va jahon chempionatida ishtirok etish. O‘z jamoam bilan ko‘plab yutuqlarga erishish.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 102
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 149
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 242
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 486
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar