“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:04
ЎЗO‘Z

OʻFA ishchi guruhi Qatarning yirik musobaqalarni oʻtkazish borasidagi tajribasini oʻrganmoqda

14 dek, 23:15 2 514 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OʻFA ishchi guruhi Qatarning yirik musobaqalarni oʻtkazish borasidagi tajribasini oʻrganmoqda Xabaringiz bor, 2020-yilning 14–31-oktyabr kunlari Oʻzbekistonda 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Mamlakatimiz ilk bor mazkur yosh toifasidagi qitʼa chempionatiga mezbonlik qiladi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. U-19 Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha yetakchi mamlakatlar tajribasi oʻrganilmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda OʻFA ishchi guruhi Qatarda boʻlib turibdi. Mutaxassislarimiz Qatarning yirik musobaqalarni oʻtkazish borasidagi tajribasini oʻrganishmoqda.

Hozirda Qatarda klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Mutaxassislarimiz klublar mundiali uchrashuvlari davomida tashkilotchilik masalalari, stadionni hozirlash, uchrashuv rasmiylari va muxlislarni kutib olish, muxlislar uchun yaratilgan fan-hududlar, musobaqani yoritib boradigan ommaviy axborot vositalari uchun qulayliklar yaratish, marketing va oʻyinlar tashviqoti kabi koʻplab masalalar boʻyicha qatarlik va FIFA vakillari ish jarayonini oʻrganishmoqda.

Manba: Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi telegram rasmiy kanali




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 202
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 134
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 57
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 207
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar