“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:00
ЎЗO‘Z

«Paxtakor» stadioni buzilishi haqida rasmiy ma’lumot berildi

14 dek, 15:50 4 649 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Paxtakor» stadioni buzilishi haqida rasmiy ma’lumot berildi Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan «Paxtakor» markaziy stadionining buzilishiga nisbatan e’tirozlar bildirilmoqda. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.

Bu borada shuni ma’lum qilindiki, «Paxtakor» klubi rasmiy saytida stadionning aniq buzilish sanasi ma’lum emasligi haqida bayonot berilgan.

Unga ko‘ra, ayni paytda stadionning yangi ko‘rinishi qanday bo‘lishi aniqlanmoqda, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab olish jarayoni ketmoqda. «Paxtakor» klubi rasmiy saytida e’lon qilingan tenderdan so‘ng 20 ga yaqin kompaniyalar o‘z takliflarini bildirishgan. Stadion FIFAning eng so‘nggi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilishi sababli yakuniy qarorga kelishdan avval barchasini puxta o‘ylab ko‘rish talab etiladi.

«Ma’qul deb topilgan loyiha tanlangach, stadion poytaxtimiz markazida joylashishi va uning ko‘rkiga aylanishi maqsadida hukumatning tegishli idoralari bilan birgalikda qurilish ishlari qachon boshlanishi borasida to‘xtamga kelinadi. Ayni holatda esa stadionni buzish ishlari qachon boshlanishi aniq emas. Loyiha masalasi aniq bo‘lishi bilan bu haqida ma’lumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi», — deyiladi klub bayonotida.

Yana shuni qo‘shimcha qilish kerak, biroz avval «Paxtakor» futbol klubi matbuot xizmati bergan bayonotga ko‘ra, stadion qurilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar to‘liq homiylar hisobidan qoplanishi ma’lum qilingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 0
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 0
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 204
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 305
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 240
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 149
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar