“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 14:44
ЎЗO‘Z

WBC yangilangan reytingida 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi joy oldi

11 dek, 23:40 3 003 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
WBC yangilangan reytingida 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi joy oldi Butunjahon boks kengashi (WBC) noyabr oyi uchun professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik sakkiz nafar bokschi mazkur reytingdan o‘rin egalladi. Bu haqda GoSport.uz nashri xabar bermoqda.

Ahamiyatli tomoni, yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) yangi reytingda bir oy oldingi o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 10-o‘rinlarni egallab turibdi.

Super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov (13-0, 5 KO) esa oldingi pog‘onasini saqlab qolgan holda 2-o‘rinda bormoqda. U hamon WBC Silver kamari sohibi sifatida ko‘rsatilmoqda.

Reytingning xalqaro miqyosida tan olingan Top-15 ligida boshqa o‘zbekistonlik bokschilar joy olmagan. Ammo WBC boshqa reytinglardan farqli ravishda 40 kishidan iborat reytingni tuzib chiqadi. Mazkur kengaytirilgan reytingda yana olti nafar o‘zbek bokschisi e’tirof etilgan.

WBC kengaytirilgan reytingidan ilk marta Hasanboy Do‘smatov (1-0, 1 KO) ham o‘rin oldi. Do‘smatov o‘tgan oyda debyut jangida ishtirok etib g‘alaba qozongani evaziga WBC tomonidan 34-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (9-0, 7 KO) esa yana bir pog‘ona yuqorilab 21-o‘rinda qayd qilingan bo‘lsa, super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (4-0, 4 KO) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab 33-o‘rindan joy olgan.

Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasining yana bir vakili Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) esa bu oyda ikkita o‘rin pastlab, 30-pog‘onani band etib turibdi. Mazkur vaznning yana bir vakili WBC Asia chempionlik kamari sohibi Anvar Turopov esa (5-1, 4 KO) bir pog‘ona pastlab 40-o‘rinda qayd qilingan.

Shuningdek, yangilangan reytingda o‘ta og‘ir (+90,7 kg) vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov (6-0, 6 KO) 39-o‘rinni saqlab qolgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 156
  • U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi! 30 apr, 00:43 338
  • Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor" 30 apr, 00:32 334
  • Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda? 30 apr, 00:03 651
  • Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi? 29 apr, 23:06 455
  • O‘zbekiston U23 terma jamoasi Olimpiadada qaysi guruhdan joy oladi? 29 apr, 22:30 487
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 156
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 91
  • Bo‘limlar