“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:38
ЎЗO‘Z

Abror Tursunpo‘latov: "Raqib o‘zgardi xolos, jang maqomi emas!"

11 dek, 21:43 2 577 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Abror Tursunpo‘latov: "Raqib o‘zgardi xolos, jang maqomi emas!" Ma’lumki, Rio Olimpiadasi chempioni, professional boksning super yengil (-63.5 kg) vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan hamyurtimiz Fazliddin G‘oyibnazarov (7-1, 4 KO) Qozog‘istonning Almati shahrida 16 dekabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.

U aslida argentinalik Mauro Godoyga ( 32-5-1,17 KO) qarshi jang o‘tkazishi kerak edi. Lekin ba’zi sabablarga ko‘ra, Mauro ushbu jangni oz muddat qolganda rad etgan va uning o‘rniga tezlik bilan meksikalik Xaver Merkado (26-15-2, 23 KO) topilgan.

Mazkur masala yuzasidan ushbu bokschimiz murabbiyi Abror Tursunpo‘latovga bog‘lanib, mavjud vaziyatlar haqida ma’lumot olishga harakat qildik.

- Abror aka raqib o‘zgarishining asl sababi nimada?
- To‘g‘risi, bu bizga ham ma’lum emas. Negadir oz vaqt qolganda bu jangni rad qildi.

- Baribir argentinalik bokschining natijalari yaxshiroq edi. Shu nuqtai nazardan ushbu jangga bo‘lgan e’tibor, qiziqish biroz susaymasmikan?
- Bunday o‘ylamayman.

- Ayniqsa, Fazliddin ishtirokidagi jang jahonga mashhur ESPN telekanali orqali translyatsiya qilinishi kerak edi. Barchasi rejadagidek bo‘ladimi?
- Albatta. Shunchaki raqib o‘zgardi xolos. Jang o‘sha maqomda bo‘lib o‘tadi.
Fazliddin G‘oyibnazarov, professional boks




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 103
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 48
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 174
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 130
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar