Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2020-yilning fevral oyida Belarus terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi.
Bu haqda Belarus futbol federatsiyasi rasmiy saytida maʼlum qilindi. Unda aytilishicha, “oq qanotlilar” 2020-yil 23-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklaridagi yigʻin doirasida Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. Ushbu uchrashuv Dubay shahrida boʻlib oʻtishi belgilangan.