“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 17:45
ЎЗO‘Z

Andrey Shipilov: Bu mavsum jamoalar soni oshirilgan bo‘lsa-da, o‘tgan yilgi mavqeimizni saqlab qoldik

01 dek, 18:43 2 171 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Shipilov: Bu mavsum jamoalar soni oshirilgan bo‘lsa-da, o‘tgan yilgi mavqeimizni saqlab qoldik “Metallurg” – “Surxon” (2:0) jamoalari uchrashuvidan so‘ng mezbonlar jamoasi ustozi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Xalqimizda bir naql bor: jo‘jani kuzda sanaymiz, degan. Futbolga yo‘naltirsak, ochkolarni kuzda sanaymiz. Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Kech kuz bo‘lishiga qaramasdan maydonning holati qoniqarli. Kuchli shamol o‘yin sifatiga biroz ta’sirini ko‘rsatdi. Birinchi taym u bizning foydamizga xizmat qildi. Raqiblar darvozasini ikki marta ishg‘ol etdik. Har ikkala golni betakror bo‘ldi, deyish mumkin. Butun taym davomida raqibga boshni ko‘tarish imkoniyatini bermadik. To‘p uchun barcha yakkakurashlarda, ta’qibda g‘olib chiqdik. Yigitlar ruhan juda ko‘tarinki kayfiyatda to‘p surishdi. Barcha jabhalar bo‘yicha raqibdan ustunlik qildik.

Ikkinchi taymda esa ratsional kuch sarflab, hisobni saqlab qolishga o‘ynadik. Bundan tashqari bu taymda shamolning yo‘nalishiga qarshi to‘p surish oson bo‘lmadi. Eng asosiysi yigitlar berilgan ko‘rsatmalarni bekamu ko‘st ado etishdi. So‘nggi uchta turda biz o‘z darvozamiz dahlsizligini saqlab qololdik. Raqib darvozasiga esa yettita to‘p kiritdik. O‘ylaymanki, bu yomon ko‘rsatkich emas. Yigitlardan ta’tilga ko‘tarinki kayfiyatda chiqib ketishlarini so‘ragandim, ular esa ko‘rsatmalarni aniq bajarishdi, bundan xursandman.

Ketma-ket ikki mavsumdan buyon chempionatni beshinchi o‘rinda yakunlayapmiz. Bu yil jamoalar soni ikkitaga oshgan bo‘lsa-da, o‘tgan yilgi mavqeimizni saqlab qoldik. Bu esa bizning to‘g‘ri yo‘ldan harakatlanayotganligimizni isbotlaydi. Hamisha yutuqlar bor joyda kamchiliklar ham bo‘ladi. Biz ularni takrorlamay, bartaraf etib boramiz. Imkon darajasida har mavsum ko‘rsatkichlarimizni yaxshilab, bir, ikki pog‘ona yuqorilashda davom etamiz, - dedi Andrey Sergeyevich.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 67
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 133
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 0
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 1
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 86
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Bo‘limlar