“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:46
ЎЗO‘Z

Futbol dunyosi Felish haqida: “U Ronaldudan ham kuchli bo‘lishi mumkin”

23 noya, 23:59 2 959 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Futbol dunyosi Felish haqida: “U Ronaldudan ham kuchli bo‘lishi mumkin” Bir yil oldin Felishni hech kim tanimasdi, hozirda esa jahon futbolining yorqin yulduzlaridan biri. Ko‘pchilik tomonidan uning transferi uchun to‘langan 126 mln yevro judayam ko‘p deya tanqid qildi, ammo futbolchining o‘yinini sinchiklab kuzatgan inson bu fikrga qo‘shilmaydi.

Futbol dunyosi Joao Felish haqida

Luis Felipe Viyera, “Benfika” prezidenti:

Felish – Portugaliya futbolida Ronaldudan keyingi porlagan eng yaxshi yulduz hisoblanadi. Unda aqlbovar qilmas texnika, temp va albatta, intellekt bor. Unda ajoyib sifatlar bor va men u bilan faxrlanaman.

Brunu Lage, “Benfika” murabbiyi:
Felishdan superqahramon yasash kerakmas. Joao sizga endi oddiy futbolchidek tuyulmayaptimi? Ammo adashasiz. U hali ham yosh boladek. Maydonga tushadi va u yerda xuddi parkda o‘ynagandek his qiladi o‘zini. U hali rivojlanishi uchun ham biz uni tinch qo‘yishimiz kerak. Shundagina u bizni o‘zining ajoyib o‘yinlaridan bahramand etadi. Kun keladi va u fantastik futbolchiga aylanadi.

Adolf Xyutter, “Ayntrax” murabbiyi:
Joao Felish – juda aqlli futbolchi, hujumni tashkillashtiradi ham, yakunlaydi ham. Unda kam uchraydigan noyob qobiliyat bor.

Tiagu, Portugaliya va “Atletiko”ning sobiq futbolchisi:
Felish dunyoning istalgan klubida o‘ynay oladi. “Benfika” uni 80 mlnga sotadi deb o‘ylamayman. U menga Grizmanni yodga soladi.

Xose-Mariya Ximenes, “Atletiko” himoyachisi:
Hozirgi futbolda aqlbovar qilmas pullar aylanyapti, “Atletiko” 126 mln to‘lagan paytda hayron qolgandim. Klub shuncha to‘ladimi, demak, shu pullarga arziydigan futbolchi. Men uning o‘yinlari tushirilgan videolarni ko‘rib chiqdim. Tushundimki, u fantastik futbolchi va “Atletiko” u bilan bemalol sovrinlar yuta oladi.

David Vilya, Ispaniya va “Atletiko”ning sobiq futbolchisi:
Madridliklarning menejmenti juda yaxshi ishlayapti, agarda rahbariyat ishonmaganda, buncha pul sarflamasdi. Men Felish bilan shaxsan tanishmasman, ammo o‘z ustida ishlasa, muxlislarning sevimli futbolchisiga aylanadi. Sen mag‘lubiyatga uchrashing mumkin, ammo maydonda boringni berib o‘ynasang, muxlislar seni qo‘llab-quvvatlashadi.

Joze Mourino:
Unga sarflangan pullar, Felishga yaxshigina mas’uliyat yuklaydi. Endi u o‘z o‘yini va majburiyatlariga jiddiy qarashi kerak. Necha yoshda bo‘lishini esa farqi yo‘q. 18 mi, 20 yoki 25 mi.

Diyego Kosta:
U tabiiy iqtidor egasi, nimadir o‘zgacha xislati bor. Undan yana ko‘p narsa kutishadi, ammo hozirgi holatida ham u tomoshabop o‘yin namoyish etadi.

Yuriy Semin:
Felish – Ronaldu darajasidagi yoki undan ham yuqori talant egasi. Hozirning o‘zidayoq yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatadi, hali unda yanayam rivojlanishi uchun vaqt bor.

Diyego Simeone:
Felish – tug‘ma iste’dod egasi. Uni qaysi pozitsiyada o‘ynatmang, har bir pozitsiyada yaxshi o‘ynaydi. U juda tez moslashadi. Men undagi o‘rganishga chanqoq bo‘lib turish xislatini hurmat qilaman. Chunki yaxshi futbolchi bo‘lish uchun talantni o‘zi kamlik qiladi.

Krishtianu Ronaldu:
Felish Ispaniyadagi muvaffaqiyatimni takrorlashiga ishonaman. U yuqori potensialga ega yaxshi futbolchi. To‘g‘ri, hali juda ko‘p o‘rganishi kerak bo‘lgan narsalar bor, ammo u hammasini uddalashiga ishonchim komil.

Joao Felish o‘zi haqida
Ronaldu – mening kumirim. U ko‘pchilikka namuna bo‘la oladi. Unga o‘xshagan yulduz bilan birga mashg‘ulot o‘tkazish o‘sishimga katta yordam beradi. Ronaldu doim progressni istaydi. U meni ruhlantirib turadi. Unda 5 ta “Oltin to‘p” bor va bu har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. Albatta, men unga o‘xshashni istayman.

Maqsadi:
Hech bo‘lmaganda bitta “Oltin to‘p” yutish, Chempionlar Ligasi va La Ligada champion bo‘lish.

O‘ziga to‘langan yuqori narx haqida:
Meni narximni transfer bozori belgiladi. Men faqatgina o‘yin haqida, o‘z vazifalarim haqida bosh qotiraman. Men eng qimmat portugaliyalik futbolchiga aylandim? Narx menga bosim o‘tkazmaydi, men shunchaki yaxshiroq o‘ynashga harakat qilaman.

“Atletiko” haqida:
Men “Atletiko” o‘yinlarini kuzatardim. La Ligadagi, Yevropa Ligadagi chempionliklarni ko‘rdim, ikki marta boy berilgan Chempionlar ligasi finalini ko‘rdim. Men har doim kuzatib kelganman bu klubni. Endi esa o‘zimni har tomonlama ko‘rsata olishim zarur. “Atletiko” tarixida qolish asosiy maqsadim.

Erkinjon G‘aybullayev
Felish, Atletiko, Ronaldu




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 79
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 67
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 194
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar