“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:52
ЎЗO‘Z

«Real» futbol klubi fondi menejeri «Bunyodkor»ga hamkorlik taklif qildi

22 noya, 19:27 2 626 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Real» futbol klubi fondi menejeri «Bunyodkor»ga hamkorlik taklif qildi Kuni kecha Ispaniyaning «Real» futbol klubini Yaqin Sharq hamda Afrika mamlakatlari bo‘yicha fondi menejeri Inigo Arenilyas Chaves «Bunyodkor» mehmoni bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

«Bunyodkor» futbol klubi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Mirzayev Ulug‘bek Abdusattorovich qabulida bo‘lgan mehmon samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda jamoa haqida iliq fikrlar bildirdi. Xususan, «ikki yulduzli» maqomini olishga yaqin turgan akademiyadagi sharoitlar, klubning umumiy infratuzilmasi, stadion to‘g‘risida fikr bildirar ekan, bunday imkoniyatlarga ega jamoa bilan turli loyihalar bo‘yicha hamkorlik qilish fondning rejalari qatoriga kirishini ta’kidladi.

Jumladan, Inigo Chaves «Real» futbol klubi fondining Osiyo-Afrika mintaqasi bo‘yicha eng katta – BAA filiali bo‘yicha hamkorlik loyihasini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Ulug‘bek Abdusattorovich mehmonning bu taklifini eshitar ekan, «Bunyodkor» «Real» fondi tomonidan taklif qilinadigan loyihalarni amalga oshirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, «Real» fondining BAAdagi filialiga o‘z vaqtida Ispaniya milliy terma jamoasining asosiy o‘yinchisi, yulduzi bo‘lgan Michel Salgado direktorlik qilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 67
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 133
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar