“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:36
ЎЗO‘Z

Tojikiston terma jamoasining ayrim futbolchilari Toshkentdan Qirg‘izistonga nega o‘z vaqtida ucha olishmadi?

19 noya, 07:01 3 253 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tojikiston terma jamoasining ayrim futbolchilari Toshkentdan Qirg‘izistonga nega o‘z vaqtida ucha olishmadi? Bishkekda JCh-2022 saralash bosqichi «F» guruhi doirasidagi Qirg‘iziston – Tojikiston o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkazilib, unda mehmonlar bosh murabbiyi Usmon Toshev jurnalistlar savollariga javob qaytardi, - deya xabar bermoqda TFF rasmiy sayti.

«Qirg‘iziston bilan o‘yinga faqat g‘alaba umidida keldik. Aynan ushbu o‘yindan keyin guruhda 2-o‘rin masalasi hal bo‘lsa kerak» - deya so‘z boshladi o‘zbekistonlik mutaxassis.

«To‘g‘ri, Toshkent orqali Qirg‘izistonga uchish oldidan kichik muammo chiqdi. Bizda aviachiptalar va viza masalasida muammo bo‘ldi. Shu bois, terma jamoa futbolchilarining aksariyati yakshanba kuni, yana bir qismi bugun, dushanba kuni yetib kelishadi. Buni qo‘rqinchli joyi yo‘q, yigitlar Toshkentda qolib ham mashg‘ulotlar o‘tashdi. Toshkentdan Bishkekkacha 45 daqiqa parvoz qilinadi, shunday ekan, ayrim futbolchilarning kechroq kelishi jamoa o‘yiniga ta’sir qilmaydi.

Myanmaga qarshi o‘yindan keyingi iste’fo haqidagi gaplarga qanday qarayman? Har narsa deyish mumkin. Bu hamma murabbiyning taqdirida bor. Iste’fo haqida kim gapirayapti yoki yozayapti, bilmayman. Hamma qanday yashashni o‘rgatadi, ammo baxtlilar negadir ko‘p emas. Shunday ekan, gap-so‘zlarga ko‘p ahamiyat bermayman. Bu normal holat. Hattoki, Xitoy terma jamoasi mashhur Lippini haydab yubordi. Imkoniyat bor ekan, bor kuch bilan ishlashda davom etamiz. Qirg‘izistonni Dushanbeda mag‘lub eta olgandik. Bu safar ham aynan g‘alabaga intilamiz» - deydi Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 204
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 305
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 240
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 149
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar