“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:10
ЎЗO‘Z

Alisher Nikimbayev: "Murabbiy 12 kunlik yig‘inda nima qildi?"

15 noya, 18:16 2 917 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Nikimbayev: "Murabbiy 12 kunlik yig‘inda nima qildi?" Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram kanalida O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi bahs haqida fikr bildirdi.
"O‘zbekiston hamda Saudiya Arabistoni o‘yinidan oldin bir saytga intervyu berib, terma jamoamiz g‘alaba qozonishini taxmin qilgandim. O‘yinning 80-daqiqasigacha taxminim o‘zini oqlayotgan edi. Hammasi bahs oxirida o‘zgarib ketdi.

O‘yindan keyin bosh murabbiy aytganidek futbolchilar hissiyotlarga berilishdi. Shu yerda bir savol paydo bo‘ladi: Agar futbolchilar na ruhan va na jismonan tayyor bo‘lmasa, murabbiy 12 kunlik yig‘inda nima qildi?

Eslatib o‘taman, Evre Renarda o‘yinga tayyorgarlik uchun buncha vaqt yo‘q edi. "Al-Hilol" futbolchilari (8 nafar) Chempionlar ligasi finalidan so‘ng terma jamoa yig‘iniga qo‘shilishdi, ammo o‘sha qiyin bahs ularga xalal bermadi (O‘zbekiston darvozasini faqat "Al-Hilol" futbolchilari ishg‘ol qilishdi).

Murabbiylar shtabi mag‘lubiyatning sababini topib, mart oyidagi bahslar uchun tayyorgarlik rejasiga kerakli o‘zgartirishlar kiritishiga umid qilamiz. Terma jamoamiz ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishiga hozir ham ishonyapman. Ayni damda O‘zbekiston MTJda 6 ochko mavjud. Yigitlarimiz navbatdagi 3ta uchrashuvda g‘alaba qozonsa ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi 4ta jamoa safida bo‘lishi ehtimoli katta. Terma jamoamiz ishga to‘g‘ri yondoshsa, Saudiya Arabistonini ham yengib, guruhda birinchi bo‘la oladi.

Savol boshqa narsa haqida: Keyinchi? Uchinchi bosqichda Falastin, Yaman va Singapur bo‘lmasligi aniq. Hozirgi Saudiya Arabistoni o‘sishda davom etadi. Yangi murabbiy jamoani yaxshi biladi, yoshlar tajriba to‘playdi: Bir haftadan so‘ng saudiyaliklar Ko‘rfaz Kubogida ishtirok etishadi va ular bu musobaqada ashaddiy raqiblarga qarshi kamida 3ta uchrashuv o‘tkazishadi. Bu jamoa va Renar foydasiga xizmat qilishi aniq.
Bizchi? Terma jamoamiz navbatdagi oylarda nimaning evaziga kuchayadi?" - deb yozdi Alisher Nikimbayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 37
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 332
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar