“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 05:42
ЎЗO‘Z

Ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqada Milliy gvardiya chavandozlari 2ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

15 noya, 20:30 3 291 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqada Milliy gvardiya chavandozlari 2ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi Joriy yilning 14-17 noyabr kunlari Ispaniyaning Valensiya shahrida ot sportining “konkur” yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi xalqaro musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli bellashuvning dastlabki kunida Osiyo va Yevropaning yetakchi chavandozlari o‘rtasida kechgan bahslar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorat maktabi chavandozlari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Bir nechta yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tayotgan musobaqaning balandligi 1 metr 40 santimetr bo‘lgan to‘siqlardan o‘tish bellashuvlarida mahoratli yosh chavandoz S.Turg‘unboyev, 1 metr 20 santimetr balandlikdagi to‘siqlarda kechgan bahslarida esa tajribali chavandoz A.Tolibboyevlar eng yaxshi natijani qayd etib, xalqaro musobaqaning oltin medallariga sazovor bo‘ldilar.

Sportchilarimizning mazkur yutug‘i natijasida Ispaniyaning Valensiya shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ikki marotaba jaranglab, davlatimiz bayrog‘i yuksaklarga ko‘tarildi.
xalqaro musobaqa, Milliy gvardiya, chavandoz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 56
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 282
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar