“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:49
ЎЗO‘Z

Endi futbol translyatsiyalarining sifati yaxshilanadimi?

15 noya, 17:45 1 984 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi futbol translyatsiyalarining sifati yaxshilanadimi? Bugungi kunda futbol rivojida yuqori saviyali translyatsiyalarning o‘rni katta. O‘zbekiston terma jamoalari o‘yinlarini translyatsiya qilayotgan “Sport” telekanali bilan hamkorlikda translyatsiyalarda faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning malakasi va mahoratini yanada oshirish maqsadida O‘FA tomonidan OFK yordamida qit’amizning taniqli mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Yurtimizga angliyalik mashhur sharhlovchi, hozirda Malayziya televideniyesida futbol translyatsiyalari borasida prodyuser vazifasini bajarayotgan Dez Korkxill hamda OFK konsultanti va Singapur televideniyesi boshlovchi, sharhlovchi va prodyuseri Roshan Ray tashrif buyurdi. Seminarning birinchi kunida ekspertlar “Sport” telekanali mehmoni bo‘lishdi.

Ko‘chma televizion stansiya xodimlari, rejissyorlar guruhi, operatorlar, sharhlovchi va boshlovchilar ishtirokida interaktiv suhbat tarzida o‘tgan ushbu seminarda katta efirlar oldidan olib boriladigan tayyorgarlik mavzusi ko‘tarildi. Dez Korkxill va Roshan Ray o‘z tajribalari hamda faoliyatidagi misollar orqali fikrlar bildirishdi. Shuningdek, yurtimiz televideniyesining ishlash uslubi bilan yaqindan tanishishdi.

Ikkinchi kun O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuviga to‘g‘ri keldi va mehmonlar bevosita amaliyotda “Sport” telekanali vakillari bilan birga ushbu o‘yin translyatsiyasi jarayonida ishtirok etishdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosida o‘tgan uchinchi kungi seminarda esa amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib xulosalar aytib o‘tildi. Ishtirokchilar bir necha guruhga bo‘lingan holda o‘yin oldi studiya, maydondagi intervyu va stendaplar, sharhlovchi ishi, bevosita uchrashuvning umumiy translyatsiyasini baholab borishdi.

Bellashuv yakunida mehmonlar o‘zbekistonlik hamkasblarining ishiga yuqori baho berishdi va shu bilan birga translyatsiyalar sifatini yanada oshirish borasida o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 220
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 332
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 242
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 150
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar