“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:59
ЎЗO‘Z

Futbol yulduzining qotillari politsiya xodimlarimi?

15 noya, 06:00 2 806 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Futbol yulduzining qotillari politsiya xodimlarimi? Mirror nashrining xabar berishicha, ikkita politsiya xodimi ustidan Aston Villa futbol klubining sobiq sport yulduzi 48 yoshli Dalian Atkinsonning bundan uch yilcha oldin sodir bo‘lgan o‘limi yuzasidan o‘tgan hafta ayblov ishi ochilgan. Marhumga politsiyachilar tomonidan Taser quroli orqali tan jarohati yetkazilgan deb xabar berishmoqda.

Ayblanuvchilar G‘arbiy Mersia politsiyasi xodimlari bo‘lib, 41 yoshli Benjamin Monk va 29 yoshli Meri Ellen Bettley-Smit ismli shaxslardir. Ushbu jinoyat ishi ommaviy axborot vositalari xodimlari taqdim etgan dalillarga binoan Birmingemdagi Crown sudida qaytadan ko‘rib chiqilyapti. Ayblanuvchilarning ikkalasi ham sud majlisida o‘zlarining advokatlari bilan ishtirok etishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Benjamin Monk va Meri Ellenlarning himoyachilari suddan himoyasidagi mijozlarining manzillari sir tutilishini qat’iy talab qilgan va bunga sudya rozi bo‘lgan. Sud ishining navbatdagisi 14 noyabrda bo‘lib o‘tgan.

Marhumning qarindoshlari u yurak xurujidan ham aziyat chekib kelganini aytishgan. Aka-ukalaridan intervyu olinganda esa sobiq futbolchining nihoyatda mehribon aka bo‘lganini ta’kidlashdi. Marhum futbolchining oilasi yollagan advokatning fikriga qaraganda, Atkinsonning o‘limiga qariyb uch yil bo‘lgan va bu juda uzoq muddat. Hozirda ayblanuvchilar garov puli evaziga ozod qilingan. Navbatdagi Sud ishi 9 dekabrda bo‘lib o‘tadi.
Futbol yulduzi, Dalian Atkinson




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 2
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 41
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 75
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar