“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:19
ЎЗO‘Z

Eng mashhur futbol stadionlari qayerlarda joylashgan?

15 noya, 06:30 4 331 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eng mashhur futbol stadionlari qayerlarda joylashgan? Futbol butun dunyo bo‘ylab eng rivojlangan sport turlaridan biridir. Dunyo aholisning qariyb yarmidan ko‘pi ushbu o‘yin turiga muxlislik qiladi. Shuning uchun futbol bo‘yicha Jahon chempionatlariga atab har bir davlatlarda bir-biridan katta va kassabop stadionlar qurilgan. Bunday ulkan stadionlarga minglab, millionlab muxlislar tashrif buyurishi mumkin.

Xalqaro futbol boshqarmasi FIFAning ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yilda 250 millionga yaqin futbolchilar mavjud bo‘lib, futbol muxlislarining soni esa 1,3 milliarddan oshgan. 2010 yilgi Jahon chempionati mavsumida o‘yinlarni 3,2 milliarddan ortiq kishi televizor orqali tomosha qilgan. 2014 yilgi Jahon chempionati davomida FIFA translyatsiya huquqidan 1,7 milliard dollardan ko‘proq daromad oldi. Keling, dunyoga mashhur futbol stadionlaridan bir nechtasini ko‘rib chiqaylik:

1. 1-May Rungrado stadioni- bu stadion Shimoliy Koreyaning Pxenyan shahrida joylashgan bo‘lib, dunyodagi eng katta futbol stadioni hisoblanadi. U 114 minglik tomoshabinni bemalol sig‘dira oladi. Ushbu stadion 1989 yilda qurib bitkazilgan bo‘lib, u asosan futbol o‘yinlari va sport musobaqalarida ishlatiladi. Stadionning umumiy maydoni 207000 kvadrat metrni tashkil qiladi.

2. Melburndagi Kriket maydonchasi- ushbu maydon nafaqat kriket o‘yinlari uchun mo‘ljallangan, balki Avstraliyadagi futbol o‘yinlariga ham mezbonlik qiladi. Butun Shimoliy Yarim shardagi eng katta stadion aynan shu bo‘lib, uni yoritish uchun dunyodagi hech bir sport maydonida uchramaydigan yoritgich minoralar o‘rnatilgan. Melburn Kriket maydoni 100024 o‘rinli muxlislar auditoriyasiga egadir.

3. Kamp Nou- bu stadion o‘ziga 99354 muxlisni sig‘dira oladi. U Ispaniyaning Barselona shahrida joylashgan bo‘lib, «Barselona» futbol jamoasining doimiy o‘yin maydoni bo‘lib xizmat qiladi. Kamp Nou 1957 yilda qurib bitkazilgan. 1989 va 1999 yillarda Yevropa kubogi, Qirollik kubogi, UЕFA Superkubogi va boshqa shu kabi ko‘plab milliy va xalqaro futbol tadbirlariga Kamp Nou stadioni mezbonlik qilgan.
futbol stadionlari, Rungrado




Mavzuga oid yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 29
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 21
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 89
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 29
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 21
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 92
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • Bo‘limlar