“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:06
ЎЗO‘Z

Erve Renar: "Ob-havo bizga muammo tug‘dirishi mumkin, ammo..."

13 noya, 17:50 2 756 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erve Renar: "Ob-havo bizga muammo tug‘dirishi mumkin, ammo..." JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvidan oldingi matbuot anjumaninin ikkinchi qismida Erve Renar va Muhammad Al Ovays ishtirok etdi.
"Barchaga xayrli kun. Bu o‘yin guruhdagi eng muhim o‘yinlardan biri. Oxirgi natijalar tufayli ham ertangi o‘yin natijasi juda ham muhim. Ertaga faqat ijobiy natija uchun maydonga tushamiz", - deydi Erve Renar.

"Bilamizki birinchi o‘rinni olgan jamoa 100 foiz keyingi bosqichga chiqadi. Ikkinchi o‘rin sohibi esa boshqa guruhlarga e’tibor qaratadi. Ertaga g‘alaba qozongan jamoa katta ehtimol bilan guruh g‘olibiga aylanadi. Shunday ekan biz faqat g‘alaba uchun harakat qilamiz", - deydi Muhammad Al Ovays.

- O‘zbekistonning kuchli va kuchsiz tomonlarini aytib o‘tsangiz.
- O‘zbekiston Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri. Doim ularga qarshi o‘ynash qiyinchilik tug‘diradi. Marokash bosh murabbiyi bo‘lib ishlaganimda O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan edik. O‘shanda biz g‘alaba qozongan bo‘lsakda oson o‘yin bo‘lmagan edi.

- O‘zbekiston JCh-2022 saralashini omadsiz boshladi. Keyin murabbiy almashgach ikkita g‘alaba qo‘lga kiritildi va birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bunga raqib sifatida qanday munosabatda bo‘ldingiz?
- Falastinga qarshi safarda o‘ynash doim qiyin bo‘lgan. O‘sha bahsda O‘zbekiston yomon o‘ynamagandi. Biz ham birinchi marta Falastinga qarshi safarda o‘ynadik va juda ham qiyin durangga erishdik. Men Ektor Kuperni juda ham hurmat qilaman.

- Ertaga stadionga ko‘plab muxlislar keladi, bundan tashqari ob havo sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Bu omillar Saudiya Arabistoniga bosim o‘tkazmaydimi?
- Albatta ob-havo bizga muammo tug‘dirishi mumkin. Yurtingizda +3 daraja iliq ekan, shu bois ham ikki kun oldin O‘zbekistonga yetib keldik. Ammo unutmaslik kerakki 2020 yil iyul oyida Jidda shahrida javob bahsi bo‘lib o‘tadi. O‘shanda juda ham issiq bo‘ladi.

- Siz Afrika qit’asida bir qator terma jamoalarda ishladingiz. Endi esa Osiyoda ishlayapsiz. Qaysi qit’a sizningcha kuchliroq?
- Turli xil qit’alarda qatnashadigan jamoalarni taqqoslash uchun eng yaxshi yo‘l bu Jahon chempionati. 2018 yil Rossiyada o‘tgan mundialda Saudiya Arabistoni Misrni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi. O‘shanda Saudiya Arabistoni juda ham yaxshi o‘yin namoyish etgan edi.

- Terma jamoa bu saralashda ikki marta durang o‘ynab muhim ochkolarni yo‘qotdi. Natijada ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Bu ertangi muhim bahsdan oldin bosim yuklamaydimi?
Muhammad Al Ovays: - Osiyo qit’asidagi barcha jamoalarning saviyasi o‘sib bormoqda, shu bois ochko yo‘qotish odatiy hol. Biz O‘zbekiston terma jamoasini juda yaxshi bilamiz, bu mamlakat klublariga qarshi OChLda ko‘p o‘ynaganmiz. Ertaga qiziqarli bahs bo‘lishini kutayapman. Albatta havo sovuq, ammo chidab bo‘lmaydigan darajada emas. Biz O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini ko‘rib, o‘rganib chiqdik.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 103
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 48
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 174
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 130
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar