“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 03:58
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan MMA assotsiatsiyasi rahbarligiga Otabek Umarov saylandi

09 noya, 20:08 5 039 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan MMA assotsiatsiyasi rahbarligiga Otabek Umarov saylandi O‘zbekistonda yangi aralash jang san’ati federatsiyasi tashkil qilindi. Unga Otabek Umarov prezident etib tayinlandi. Ushbu assotsiatsiya tashkil etilganligini tasdiqlovchi hujjat joriy yilning 23 oktyabrida taqdim etilgandi.

8 noyabr kuni Otabek Umarov aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti sifatida sportchilarning mashg‘ulotlarida qatnashdi. U MMA qoidalariga muvofiq bo‘lib o‘tadigan 20-GFC musobaqasida qatnashadigan polvonlar bilan suhbatlashish uchun Buka GYM sport markaziga tashrif buyurdi. Ushbu musobaqa Toshkentda bo‘lib o‘tadi va u mamlakatimiz tarixida aralash jang san’atlari bo‘yicha birinchi turnir hisoblanadi.

Otabek Umarov sportchilarga murojaatida O‘zbekistonda aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi endigina tashkil etilgani va uning zimmasiga katta mas’uliyat yuklanganini ta’kidladi.

MMA dunyodagi eng mashhur sport turlaridan biri. Ushbu sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik ko‘plab sportchilar allaqachon jahon maydonlarida shuhrat qozongan. Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi tashkil etilishi bilan kurashchilar malakali murabbiylar rahbarligida mashq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, sportchilarning sog‘lig‘i ustidan qattiq tibbiy nazorat o‘rnatiladi, shuningdek, xorijiy musobaqalarda ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni olishda yordam ko‘rsatiladi.
MMA, Otabek Umarov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 96
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 146
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 235
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 480
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar