“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:32
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvini germaniyalik hakamlar boshqaradi

09 noya, 11:00 2 660 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston – Qirg‘iziston uchrashuvini germaniyalik hakamlar boshqaradi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi jahon futbolida o‘z o‘rniga ega Germaniya futbol ittifoqi bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtiryapti.

Bilasiz, Germaniya dunyodagi futboli eng rivojlangan mamlakatlar sirasiga kiradi. Germaniya futboli o‘z natijalari bilan har jabhada eng oldi o‘rinlarni egallaydi.

Futbol infratuzilmalarini yaxshilash, bolalar futboli va yosh futbolchilarni tarbiyalash tizimini yo‘lga qo‘yish, futbol sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar malakasini oshirish, hakamlik va boshqa bir qator yo‘nalishlarda Germaniya tajribasi o‘rganiladi va ikki tashkilot bu borada yaqindan ish olib boradi.

O‘zaro hamkorlikning ilk debochasi sifatida 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘rtoqlik uchrashuvini boshqarib borish uchun germaniyalik hakamlar guruhi taklif etildi. O‘yin bosh hakami xalqaro maydonda bir qator uchrashuvlarni boshqarishga ulgurgan, Rossiya yashil maydonlarida o‘tgan JCh-2018da VAR tizimi bo‘yicha faoliyat olib borgan FIFA referisi – Bastian Dankert. Unga qanotlarda hamyurtlari Yan Zaydel va Rene Rode yordam berishadi. To‘rtinchi hakam vazifasini o‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev bajaradi.

Qayd etish joiz, O‘FA va GFI o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik doirasida o‘zbekistonlik futbol mutaxassislarining Germaniyada malaka oshirishi, Germaniya futboli tajribasini o‘rganishi ham ko‘zda tutilgan.

O‘rtoqlik uchrashuvi
9 noyabr (shanba)

O‘ZBEKISTON – QIRG‘IZISTON
"Paxtakor" stadioni | 17:00

Bosh hakam: Bastian Dankert (Germaniya).
Yordamchi hakamlar: Yan Zaydel (Germaniya), Rene Rode (Germaniya).
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston).
O‘zbekiston, hakam, Germaniya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar