“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:24
ЎЗO‘Z

Mahmud Murodovning UFC’dagi ikkinchi jangi muddati va raqibi aniq bo‘ldi

07 noya, 23:28 3 157 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mahmud Murodovning UFC’dagi ikkinchi jangi muddati va raqibi aniq bo‘ldi Foto: CzechFighters
Aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha o‘rta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan o‘zbekistonlik Mahmud Murodov (23-6, 14 KO) UFC’dagi ikkinchi jangini AQShda o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Mahmud Murodov MMA’ning eng nufuzli turniri bo‘lgan UFC’dagi ikkinchi jangida amerikalik Trevor Smitga (15-9, 10 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang 7-dekbar kuni AQSh poytaxti Vashington shahridagi «Capital One» arenasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur jang UFC on ESPN 7 turniri doirasida tashkil etiladigan MMA kechasida bo‘lib o‘tadi.

Aslida Trevor Smit yarim og‘ir (-93 kg) vazn toifasi vakili Alonso Menfildga (9-0, 9 KO) qarshi ringga chiqishi lozim edi, ammo bu jang bekor qilingan va Menfild o‘rniga Mahmud Murodov Smitga raqiblik qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli Smit jiu-jitsu sporti ustasi sanaladi. U MMA’da o‘tkazgan 24 ta jangining faqat bittasida raqibini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Yana 8 ta jangida usul yordamida muddatidan oldin g‘alaba qozongan. UFC musobaqalarida 11 marta oktagonga ko‘tarilib, 5 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyatni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

Ta’kidlab o‘tish joiz, Mahmud Murodov UFC bilan to‘rtta jangga shartnoma imzolagan. Jangdagi natijalarga qarab bu muddat yana uzaytirilishi mumkin bo‘ladi. U mazkur nufuzli turnirda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchi sifatida tarixda qoldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 204
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 305
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 240
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 149
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar