“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:53
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston—Qirg‘iziston uchrashuvi TVda ko‘rsatilmaydi. Vadim Abramov vaziyatga izoh berdi

05 noya, 07:11 3 025 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston—Qirg‘iziston uchrashuvi TVda ko‘rsatilmaydi. Vadim Abramov vaziyatga izoh berdi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov 4 noyabr, dushanba kungi mashg‘ulotlardan keyin «Championat.asia» muxbirining savollariga javob qaytardi.
Dastlab mutaxassis tayyorgarlik harayoni haqida gapirdi va keyin savolarga javob qaytardi.

«Ishchan kayfiyatda mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Qirg‘iziston bilan nazorat bahsi, keyin esa Saudiya Arabistoni hamda Falastinga qarshi saralash bosqichi doirasidagi muhim o‘yinlar kutmoqda. Biz mazkur muhim bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz», — dedi Vadim Abramov.

— Qirg‘izistonga qarshi nazorat o‘yini TV orqali translyatsiya qilinmasligi aytilmoqda. Bu esa sizning tashabbusingiz bilan amalga oshirilayotgan ekan, shu rostmi?
— Shunday. Saudiya Arabistoni biz ularga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rayotganimizni tomosha qilishi shart emas. Qanday tayyorgarlik ko‘rayotganimiz raqibga o‘ziga xos syurpriz bo‘la qolsin. O‘yin ochiq bo‘ladi. Yaxshisi, muxlislar stadionga kelib futbol tomosha qilsin. O‘zbekiston terma jamoasini stadiondan turib qo‘llab-quvvatlasin.

— Yaqinda Stanislav Cherchesov unga telefon orqali bir muxlis nega Rossiya terma jamoasiga RPL to‘purari Shomurodovni chaqirmayotganini so‘rab to‘polon qilganini aytdi. Qiziq, sizga Cheranni nega terma jamoaga chaqirmayapsiz deb hech kim sim qoqib, to‘polon qilishga ulgurmadimi?
— Afsuski bu borada menga hech bir muxlis qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q. Men ham Cheran borasida qo‘ng‘iroqni kutyapman. (kuladi)

— O‘zbekistonda barqaror to‘p tepayotgan Igor Golban kelasi yili O‘zbekiston pasportini olishi mumkin ekan. Agarda bu ro‘y bersa, unda Golbanning terma jamoada o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ladimi? Sizga ushbu himoyachi ma’qulmi?
— Albatta. Aslida Golbanni men O‘zbekistonga taklif qilganman. Ma’lum vaqt Golban «Lokomotiv»da shug‘ullangan va keyinchalik men uni «Qo‘qon-1912»ga taklif qilgandim. Ajoyib himoyachi. Unda O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynash imkoniyati paydo bo‘ladi. Shaxsan menga uning harakatlari yoqadi.
Vadim Abramov, terma jamoa




Mavzuga oid yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 34
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 89
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 29
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 21
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 92
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • Bo‘limlar