“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 05:00
ЎЗO‘Z

Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi (foto, video)

03 noya, 09:38 3 862 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi (foto, video) Professional boksning super o‘rta (76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (3-0, 3 KO) navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida amerikalik Kley Kollardga (4-2-3, 1 KO) qarshi ringga chiqqan Bektemir Meliqo‘ziyev yana muddatidan avval g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik bokschi 8 raundga mo‘ljallangan reyting jangi to‘rtinchi raundida raqibini dastlab nokdaun holatiga tushirdi, raund davomidagi navbatdagi kuchli zarbadan so‘ng raqib yana ringga quladi va hakam jangni to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev joriy yilning 14 iyun kuni Los-Anjelesda, Hollivuddagi The Avalon saroyida professional boksdagi ilk jangida shu vaqtga qadar professional ringda 46 jang o‘tkazgan argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi ringga ko‘tarilgandi. 6 raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq profi-boksdagi faoliyatini «bezori» (Bully) laqabi bilan boshlagan o‘zbekistonlik sportchi tomonidan berilgan dastlabki kuchli zarba Riosni yerga qulatdi va hakam sof nokaut qayd etdi.

U shu yilning avgustida meksikalik Rikardo Luna Floresni (22-7-1, 14 KO) birinchi raunddayoq nokautga uchratib g‘alaba qozondi.

Bektemir Meliqo‘ziyev shu yilning aprelidan buyon Amerikada «Mir boksa» promouterlik klubi tarkibida mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Uning murabbiylari Joel Dias va Antonio Dias hisoblanadi.
Bektemir Meliqo‘ziyev, nokaut, Kley Kollard




Mavzuga oid yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 73
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 282
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 140
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 36
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 94
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 33
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 31
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 52
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 76
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 73
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 123
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 123
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 120
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 432
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 145
  • Bo‘limlar