“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:50
ЎЗO‘Z

Futzalchilarimiz OCh-2020 saralash o‘yinini guruhda 1-o‘rin bilan yakunladi

28 okt, 08:30 4 507 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Futzalchilarimiz OCh-2020 saralash o‘yinini guruhda 1-o‘rin bilan yakunladi Saralash uchrashuvlarida O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari muddatidan avval maqsadlariga erishib bo‘lgandi, o‘zaro o‘yin esa faqat guruh g‘olibligini aniqlab berishi lozim edi.

O‘yinning dastlabki uchinchi daqiqasidayoq tojikistonliklar tezkor ikkita gol urishib, hisobda oldinga chiqib olishgandi. Lekin bu holat ham terma jamoamiz a’zolarini sarosimaga solmadi, hafsalalarini pir qilmadi. Aksincha, hushyorliklarini oshirishga, maqsad sari dadil intilishga xizmat qildi. Birinchi bo‘limning o‘zida futzalchilarimiz nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki uchta to‘p farqi bilan oldinga o‘tishdi ham. Ikkinchi bo‘lim ham butunlay yigitlarimiz tashabbusi va hujumkorligida o‘tdi. Buni qayd etilgan hisob ham tasdiqlab turibdi – 9:3.

Shu tariqa futzal terma jamoamiz kelasi yili Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan qit’a chempionatining final bosqichiga guruh g‘olibi sifatida yo‘l oldi.
O‘zbekiston (asosiy tarkib): Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Ilhomjon Hamroyev, Xusniddin Nishonov, Sunnatullo Jo‘rayev.
Zaxira: Rustam Umarov, Xushnur Erkinov, Mashrab Odilov, Shahzod Sa’diyev, Dilshod Rahmatov, Dilmurod Shavkatov, Davron Choriyev, Akbar Usmonov, Dilmurod Jumayev. Gollar: Akbar Usmonov (8, 16), Husniddin Nishonov (15), Dilshod Rahmatov (18), Davron Choriyev (19, 26, 28), Xushnur Erkinov (26), Dilmurod Shavkatov (29) - Bahodir Xo‘jayev (1, 3), Rahmonali Sharipov (31).

Manba: uza.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 284
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar