“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 17:36
ЎЗO‘Z

Jahon chempionatlarida medal olgan 16 nafar sportchiga pul mukofotlari berildi

23 okt, 20:00 3 354 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahon chempionatlarida medal olgan 16 nafar sportchiga pul mukofotlari berildi O‘zbekiston prezidenti jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni taqdirlash to‘g‘risida farmoyish chiqardi.
Mazkur farmoyishga asosan 16 nafar sportchi 12 ming dollardan 3 ming AQSh dollarigacha miqdordagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

JChda oltin medal olgani uchun 12 ming dollar bilan mukofotlangan sportchilar:
- Bahodir Jalolov – boks, +91 kg
- Shahobiddin Zoirov – boks, -52 kg
- Miraziz Mirzaxalilov – boks, -57 kg
- Shahnoza Mirzayeva – eshkak eshish, KL3-200 metr

JChda kumush medal olgani uchun 6 ming dollar bilan mukofotlangan sportchilar:
- Dilshodbek Ro‘zmetov – boks, -81 kg
- Aram Vardanyan – yunon-rum kurashi, -72 kg
- Ro‘za Kuziyeva – parapauerlifting, -61 kg
- Sharafuddin Lutfullayev – dzyudo, -60 kg

JChda bronza medal olgani uchun 3 ming dollar bilan mukofotlangan sportchilar:
- Bobo-Usmon Baturov – boks, -63 kg
- Rustam Assakalov – yunon-rum kurashi, -87 kg
- Jalgasbay Berdimuratov – yunon-rum kurashi, -77 kg
- Hasanboy Rahimov – erkin kurash, +125 kg
- Artur Guliyev – eshkak eshish, S2-200 metr
- Nilufar Zokirova – eshkak eshish, S2-200 metr
- Elyor Mamadaliyev – eshkak eshish, S2-200 metr
- Dilnoza Rahmatova – eshkak eshish, S2-200 metr

22 oktyabr kuni imzolangan hujjatga muvofiq, pul mukofotlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida belgilangan mablag‘lar hisobidan to‘lanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 0
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 0
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 1
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 0
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 281
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Bo‘limlar