“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 12:32
ЎЗO‘Z

Tiago Bezerra o‘zbek futboli, Jaloliddin Masharipov, “Paxtakor” va palov haqida

21 okt, 21:24 2 890 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tiago Bezerra o‘zbek futboli, Jaloliddin Masharipov, “Paxtakor” va palov haqida Joriy mavsum Osiyo Chempionlar Ligasida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib, stadionga minglab muxlislarning qaytishiga sababchi bo‘lgan “Paxtakor” joriy yil boshida tarkibda katta yo‘qotishlarga uchragandi.
Ayniqsa, braziliyalik mahoratli yarim himoyachi Tiago Bezerraning klubdagi o‘rni beqiyos edi. Uning tezkor driblinglari, urgan gollari yosh futbolchilar uchun o‘ziga xos maktab vazifasini o‘tadi. Tiago hozirda Qatarning “Al-Xor” klubida to‘p surmoqda, yaqinda u bilan bog‘lanib saytimiz uchun intervyu oldik.

- Salom Tiago. Qatarda ishlaringiz qanday ketyapti? Jamoangizni yuqori o‘rinlar uchun kurashishga kuchi yetadimi?
- Men bu klubning a’zosi ekanligimdan xursandman. To‘g‘ri, chempionatdagi ishlarimiz yaxshi emas, ammo biz yuqori saviyadagi klublarga qarshi o‘ynayapmiz. Muhim uchrashuvlar hali oldinda. Ishonamanki keyingi turlarda yanada muvafaqqiyatli to‘p tepamiz.

- Mamlakatimiz futbolidagi o‘zgarishlar va yangiliklardan xabaringiz bormi?
- Ha. Albatta. O‘zbek futbolidagi voqealardan voqifman. Men uchun shahar va sobiq jamoam qadrdon bo‘lib qolgan. “Paxtakor”dagi futbolchilar va murabbiylar bilan aloqani saqlab qolganman. Ularni qo‘lga kiritgan oltin medal bilan tabriklayman. Aslida, o‘tgan mavsum ham chempion bo‘lishga munosib edilar.

- O‘zbekistonda bir yarim yildan oshiq vaqt davomida to‘p tepdingiz, mana shu vaqt mobaynida o‘zingiz uchun nimalar oldingiz va “Paxtakor” sizga nima berdi?
- Men faoliyatimdagi eng yaxshi damlarni aynan “Paxtakor”da o‘tkazdim. Ko‘plab individual va jamoaviy yutuqlar sohibi bo‘ldim. Shota Arveladzedan va futbolchilardan ko‘p narsani o‘rgandim. Muxlislar va u yerdagi futbolni sevadiganlar meni e’tirof etganidan boshim osmonga yetdi. O‘zbeklar xuddi braziliyaliklar kabi yordam berishga intilishlari manzur bo‘ldi. Mamlakat tinch, xavfsiz. Xalq esa saxiy va oqko‘ngil. Umuman olganda ijobiy xotiralar meni O‘zbekiston bilan bog‘lab turadi. Palov bilan kabobni mazasini aslo esdan chiqarmayman.

- Terma jamoamiz jahon chempionatidagi saralash bahslarini o‘tkazmoqda. Nima deb o‘ylaysiz, azaliy orzuimizga yetishimizga nima to‘sqinlik qilyapti?
- MTJni kuzatib boryapman. Deyarli barcha futbolchilarni bilaman. Umid qilamanki sizlar mundialga borasiz. Mana, mahalliy chempionat kuchayib boryapti, yosh futbolchilarga ham e’tibor kun sayin ortmoqda.

- “Paxtakor”ni tark etishingiz nima bilan bog‘liq?
- Birinchi navbatda oilam va o‘zim uchun to‘g‘ri bo‘lgan qarorni qabul qildim. Boshqa izohga hojat yo‘q.

- Yaqin kelajakda qaysi futbolchimiz kuchli beshlik chempionatiga yo‘l olishi mumkin?
- "Jama"ni ya’ni, Masharipovni xalqaro maydonda ko‘rib qolsam ajablanmayman. Shaxsan o‘zim uchun u betakror futbolchi. Uning o‘ziga xos o‘yin uslubi va iste’dodini yuqori baholayman. Men Jalolni muxlisi va do‘sti sifatida doim qo‘llab-quvvatlayman. Yuqoridagi gaplar Igor Sergeyevga ham tegishli.

- Legioner sifatida bir qancha mamlakatlar chempionatida o‘ynagansiz, u yerdagi muxlislikdan xabardorsiz. Shu ma’noda, o‘zbekistonlik ishqibozlar ulardan nimasi bilan farqlanadi?
- Yurtingizdagi aksariyat uchrashuvlar muxlislar to‘la stadionda, ajoyib muhitda o‘tadi. O‘z navbatida, "Paxtakor" ishqibozlari ham har jabhada fidoyilik namoyish etishadi. Ularning qo‘llab-quvvatlashi natijasida ijobiy natijalarga erishdik. Jonkuyarlik bobida o‘zbekistonlik muxlislar hech kimdan qolishmasligini e’tirof etishim mumkin. Ular men uchun bebahodirlar. Barchangizni yaxshi ko‘raman va sog‘inib qolaman.

- Mazmunli suhbat uchun tashakkur. Keyingi faoliyatingizga omad va zafarlar tilab qolamiz!
- Sizga ham raxmat.
Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 12
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 20
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 241
  • Bo‘limlar