Yevro-2020 saralashining 8-turidan o‘rin olgan Shvetsiya – Ispaniya bahsi o‘z yakuniga yetdi. «Qizil Furiya» so‘nggi daqiqalarda Rodrigoning goli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi va bahsda durang (1:1) natija qayd etildi. Qo‘lga kiritilgan bir ochko esa ispanlarga qit’a birinchiligi yo‘llanamasini muddatidan oldin taqdim qildi.