“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 10:44
ЎЗO‘Z

Lyubinko Drulovich: Janubiy Koreya bilan o‘yinlar biz uchun foydali bo‘ldi

15 okt, 07:07 2 593 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lyubinko Drulovich: Janubiy Koreya bilan o‘yinlar biz uchun foydali bo‘ldi Janubiy Koreyada yig‘in tashkil etgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun koreyalik tengqurlariga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Qiziqarli ko‘rinish olgan bellashuv yakunida vakillarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

- Biz bir hafta davomida Koreyada yig‘in o‘tkazdik va ushbu yurt olimpiya terma jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdik. Har ikki o‘yin ham biz uchun juda ham foydali bo‘ldi, deb o‘ylayman. Zero Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi qit’adagi yetakchilardan biri sanaladi. Bunday raqib bilan o‘yinda bizda qaysi chiziqlarda kamchilik bor ekanini ko‘rib olish mumkin.

Bevosita bugungi o‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, birinchi bo‘limni biroz bo‘sh o‘tkazdik. Kam qulay vaziyatlar yuzaga keldi va qolaversa, ko‘plab vaziyatlarda kutilmagan xatolarga yo‘l qo‘yildi. Lekin ikkinchi bo‘limni ancha ishonchli tarzda o‘tkaza oldik. To‘p nazoratini qo‘lga olib, raqibni bosim ostida ushlashga intildik. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda ham faol harakat qildik. Yakunda esa o‘yinni foydamizga hal etishning uddasidan chiqdik.

Hali oldinda Osiyo chempionatiga qadar 3 oy vaqt mavjud. Kelasi oylarda ham yig‘in hamda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazamiz. Qit’a birinchiligiga yuqori darajada tayyorgarlik olib borishga urinamiz, - deya o‘z fikrlarini bildirdi tajribali mutaxassis.

O‘FA matbuot xizmati




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 41
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 98
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 158
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 41
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 136
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 280
  • Bo‘limlar