“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:09
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Grand Swiss turnirida

10 okt, 14:53 2 346 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonlik grossmeysterlar Grand Swiss turnirida Kuni kecha yana bir xalqaro turnirga start berildi. Angliyaning Men orolida, dunyoning 154 nafar kuchli shaxmatchilari qatnashishmoqda. Jumladan, amaldagi jahon chempioni Karlsen Magnus (Norvegiya), vitse-chempion Vishvvanatan Anand (Hindiston), Karuana Fabiano(AQSh), Sergey Karyakin (Rossiya) va boshqalar. Ushbu shaxmatchilar shveysarcha sistemada tarixdagi juda kuchli shaxmatchilar hisoblanishadi.

Mukofot jamg‘armasi 433.000 AQSh dollari bo‘lgan ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov va Abdusattarov Nodirbeklar himoya qilishmoqda. Rustam Qosimjonov 2657 reyting ochkolari bilan Abdusattarov Nodirbek esa 2608 reyting ochkolari bilan musobaqaga yetib borishgan. 22 oktyabr kuni yakuniga yetadigan Grand Swiss turnirida oltin medalni qo‘lga kiritgan shaxmatchiga 70.000 AQSh dollarini, ikkinchi o‘ringa 50.000 AQSh dollari, uchinchi o‘rin sohibiga esa 40.000 AQSh dollar mukofot puli berish rejalashtirilgan.

Kuchli o‘ttizlikka kira olgan shaxmatchiga esa 2000 AQSh dollari beriladi.
Bundan tashqari, turnir g‘olibi pul mukofotidan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionligi uchun kurashish mumkin bo‘lgan musobaqaga avtomatik yo‘llanmani qo‘lga ham kiritadi.

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, umumiy hisobda 42 davlatdan tashrif buyurgan ushbu nufuzli turnirda 154 nafar shaxmatchilardan 134 tasi xalqaro grossmeysterlar, 17 nafari esa xalqaro sport ustalari.
Hamyurtlarimizga omadlar tilab qolamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 249
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 384
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 246
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 152
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar