“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 03:46
ЎЗO‘Z

Bobir Abdixoliqov: "Bu avlod bilan Olimpiadaga chiqish shart. Bahonaga o‘rin yo‘q"

09 okt, 18:07 2 253 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bobir Abdixoliqov: "Bu avlod bilan Olimpiadaga chiqish shart. Bahonaga o‘rin yo‘q" "Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov bilan uyushtirilgan intervyuda futbolchi OTJ ishtirok etadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tashlangan qur’a, Olimpiada yo‘llanmasi va "ikkinchi uyi"ga aylangan "Nasaf"ni O‘zbekistondagi qanday jamoaga almashtirishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Qur’adan oldin savatchalarga qaraganimda, har bir savatchada kamida bittadan kuchli jamoa turgandi. Shu bois kamida ikkita kuchli raqib tushishini kutgandim. Yakunda esa kutganimdan ham kuchliroq guruh tushdi. Bu "kvartet"ni "o‘lim guruhi" deb aytish mumkin. Lekin biz guruhdagi raqiblardan qo‘rqayotganimiz yo‘q. Hammasi o‘zimizga bog‘liq. Navbatchi o‘yinlar yo‘q. Muhimi, musobaqani g‘alaba bilan boshlab olish lozim. Bu guruhdan chiqish uchun kamida ikkita o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart", - deya yaqindagina Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tashlangan qur’a haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Bobir Abdixoliqov.

- Bobir, vaziyatga real baho beradigan bo‘lsak, tarkib haqiqatdan kuchli. Ayniqsa tanlov borasida muammo yo‘q. Olimpiya terma jamoamizga nomzod barcha futbolchilar nafaqat Superliga jamoasida o‘ynaydi, balki o‘z klublarida yetakchi rollarda ham o‘ynashmoqda. Ya’ni, yaxshi avlod yetishib chiqmoqda. Shuni e’tiborga olib aytsak, bu safar olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga qodirmizmi?
- To‘g‘ri aytdingiz, har bitta klubda hozirgi tarkibimizdagi ko‘pchilik futbolchilar yetakchi rollarda. Tanlov zo‘r. Tarkib kuchli. Har bir pozitsiyada kamida ikkita futbolchi bor. Raqobat zo‘r. Bu esa futbolchilarni o‘sishiga ham ko‘mak beradi. O‘yin sifati ham shunga yarasha o‘sadi. Har taraflama yaxshi tarkib yig‘ilgan. Bundan tanlovdagi tarkib bilan olimpiyaga chiqish kerak, deb o‘ylayman. Hech qanday bahonaga o‘rin yo‘q. Osiyo chempionatiga borgandan keyin barcha bir xil sharoitga ega bo‘ladi. Faqatgina tayyorgarlik bosqichida xatoga yo‘l qo‘yilmasa bo‘lgani.

- Drulovich boshchiligida shtabda avvallari boshqa mutaxassislarda kuzatilmagan va sizga eng ma’qul kelgan jihat nima? Farq bormi yoki boshqa murabbiylarda bo‘lgani kabi jarayonlarmi?
- Drulovich yevropalik mutaxassisligi sezilib turadi. Professional. Har bir kichik detalni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. Drulovich jamoaviy o‘yinni shakllantirmoqchi. Agarda buni eplay olsak, unda uncha-muncha raqiblar biz bilan chinakamiga qiynalib qoladi.

- Murabbiy futbolchilar bilan mashg‘ulotlardan tashqari alohida yuzma-yuz suhbat quradimi?
- Shaxsan men bilan alohida gaplashmagan. O‘ylashimcha, hech kim bilan individual suhbat qurmagan. Asosan shu mashg‘ulotlar paytida biror bir mashqni bajarayotganda xatoga yo‘l qo‘yilsa, unda oldimizga kelib tushuntiradi.

- Bobir Abdixoliqov Drulovich jamoasida to‘purarga aylangan. Vaholanki siz OTJda, oxirgi paytlar "Nasaf"da ham markaziy hujumda emas, balki qanot vingeri sifatida o‘ynamoqdasiz. Bunday samaradorlikni sababi nimada?
- Har bir o‘yinda maksimal kuchim bilan harakat qilib, gol urib, jamoaga yordam berishni istayman. Bu xoh klub bo‘lsin, xoh olimpiya terma jamoasida. Shunchaki oxirgi paytlar OTJ tarkibida omadim ko‘proq chopmoqda. Vaziyatlarni golga aylantirishda samaraliroq o‘ynamoqdaman.

- Osiyo chempionatida shaxsiy maqsadlar qanday? Chempionatda nafaqat olimpiya yo‘llanmasi, balki chiroyli o‘yin ko‘rsatgan holda keyinchalik xorijlik skautlar nazariga tushib, legionerga aylanish imkoniyati ham yuqori bo‘ladi...
- To‘g‘ri, bu borada maqsad kuchli. Avvalo yoshligimdagi orzularimdan biri, ya’ni olimpiya yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istayman. Buning uchun har bir o‘yinda bor kuchimni sarflab, jamoaga yordam berishga intilaman. Bu orqali esa xorij klublari nazariga ham tushish imkoniyati paydo bo‘ladi. Tabiiyki bunday imkoniyatni ham qo‘ldan chiqarmaslikka intilaman. Muhimi, oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalash. Qolgani ikkinchi darajali.

- "Nasaf"dagi faoliyatingiz borasida nima gaplar. Oxirgi paytlar qanot vingerida ko‘p ko‘rdik. Humoyun Murtazoyev esa markaziy hujumda. Bobir Abdixoliqov butkul vingerga aylandimi yoki hali Murtazoyevga markaziy hujumda ham raqobatni qayta uyg‘otadimi?
- Murabbiylarning qarori bo‘yicha ish tutaman. Raqobat har doim bo‘ladi. Qanotdami, markazdami farqi yo‘q, muhimi qaysi nuqtada bo‘lmasin jamoaga nafim tegsa bo‘lgani. Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin davomida vaziyatga qarab Humoyun bilan joyimizni almashtirib o‘ynashimiz mumkinligini ta’kidlagan. Shu boisdan ham garchi qanotda o‘ynayotgan bo‘lsamda, o‘yin borishiga qarab markazda ham ko‘rinish beraveraman.

- Xorijdagi masala o‘z yo‘liga. Ichki chempionatda boshqa jamoalardan takliflar bo‘lmoqdami?
- To‘g‘risi, O‘zbekistonda "Nasaf"dan boshqa jamoaga o‘tishim qiyin. Bu gapni avval ham ta’kidlaganman. Bu balandparvoz gaplar emas. Shunchaki hozirgi kundagi bor vaziyat. "Nasaf" mening ikkinchi uyimga aylangan. Boshqa jamoaga o‘tishim qiyin. Lekin futbolchilik faoliyatida har qanday holatlar uchrashi mumkin.

- Deylik bir klub Bobir Abdixoliqovni transferini "Nasaf" bilan kelisha oldi, gap futbolchida qolgan. Shunday paytda sizni ham rozi qilishga qodir takliflarga qanday qaraysiz?
- Agarda "Nasaf"ni qoniqtiradigan jamoa meni olishni istasa, unda birinchi navbatda o‘sha jamoaning maqsad va vazifalari muhim o‘rin tutadi. Istalgan futbolchi chempionlik uchun kurashadigan jamoaga o‘tishni, OChLda o‘ynashni istaydi. Bu orqali esa o‘sadi va xorijga ketish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shunday takliflar bo‘lsa, balki o‘sha klubga o‘tishim mumkin. Agarda "Nasaf" ham ketishimga rozilik bildirsa...

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar