“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:39
ЎЗO‘Z

Jahon chempionati sovrindorlari va ularning murabbiylari davlat mukofoti bilan taqdirlandi

28 sen, 20:38 3 879 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahon chempionati sovrindorlari va ularning murabbiylari davlat mukofoti bilan taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.

«Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar va yaratilayotgan sharoitlar tufayli sportchilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.

Xususan, joriy yilning 9-21 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida dunyoning 80ga yaqin mamlakatlari o‘rtasida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz vakillari yuksak azmu shijoat va mahorat namunasini ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egallaganligi hamda Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini tarannum etishga katta hissa qo‘shganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar ongida milliy g‘urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasidagi munosib xizmatlari uchun ular faxriy unvon va medallar bilan mukofotlandi», deyiladi farmon matnida.

Farmonga ko‘ra, jahon chempionlari Bahodir Jalolov va Mirazizbek Mirzaxalilov «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan, Shahobiddin Zoirov esa «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» unvoni bilan taqdirlandi.

«O‘zbekiston iftixori»
Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi»
Qurbonov Marat Galiyevich - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Qilichev To‘lqin Maxmurovich - Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha murabbiyi
Erkayev Baxodir Turgunovich - Farg‘ona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi»
Zoirov Shaxobidin Shokirovich - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Ro‘zmetov Dilshodbek Yusupbay o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«Shuhrat» medali bilan
Axmedov Burxon Baxramovich - Paxtakor tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi, Jizzax viloyati
Qilichev Farruh Komilovich - Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan turnirda 3ta oltin (Bahodir Jalolov, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahobiddin Zoirov), 1ta kumush (Dilshodbek Ro‘zmetov) va 1ta bronza (Bobousmon Baturov) medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va jahon chempionatlarining eng yaxshi natijasini qayd etgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 121
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 231
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar