“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 15:02
ЎЗO‘Z

Rasmiy xabar: Tachmurod Agamurodov - “Dinamo” bosh murabbiyi

26 sen, 12:25 2 555 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasmiy xabar: Tachmurod Agamurodov - “Dinamo” bosh murabbiyi Xabaringiz bor, chorshanba kuni “Dinamo” klubi murabbiylar shtabida oʻzgarish yuz berdi.
Jamoaning Superliga ikkinchi davrasidagi muvaffaqiyatsiz natijalari bois, bosh murabbiyi Davron Fayziyev oʻz arizasiga binoan, lavozimidan ozod etildi.

Oldinroq xabar berilganidek, klub bir qator murabbiylar bilan muzokara olib bordi va bosh murabbiy borasida yakuniy toʻxtamga keldi.
25-sentyabr kuni Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov bilan oʻzaro uchrashuvdan keyin tajribali mutaxassis Tachmurod Agamurodov “Dinamo” bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Shu kuni “Dinamo” futbol klubi qarorgohida yigʻilish oʻtkazilib, unda klub homiylari va rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirda jamoa futbolchilariga bosh murabbiy sifatida Tachmurod Agamurodov tanishtirildi.

Yangi bosh murabbiy bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzolanib, Tachmurod Agamurodov oldiga “Dinamo” jamoasini Superligada olib qolish vazifasi yuklandi. Ushbu vazifa bajarilsa, bosh murabbiy bilan shartnoma uzaytiriladi.

Maʼlumot uchun, turkmanistonlik tajribali murabbiy 2007 va 2014-yilgi mavsumlarda ham “Dinamo” jamoasida faoliyat olib borgan edi.

Manba: fcdinamo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 49
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 265
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 150
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 120
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 92
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 81
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 0
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 0
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 1
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 0
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 21
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 43
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 29
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 149
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 49
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 125
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 137
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 49
  • Bo‘limlar