“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:48
ЎЗO‘Z

Rasman! Ektor Kuper terma jamoadan boʻshatildi

23 sen, 12:14 3 218 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasman! Ektor Kuper terma jamoadan boʻshatildi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtadagi mavjud shartnomani oʻzaro kelishuvga asosan bekor qilishdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

“Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtadagi mavjud shartnomani oʻzaro kelishuvga asosan bekor qilishdi.

2018-yilning avgust oyida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi boshqaruviga kelgan argentinalik mutaxassis bosh jamoamizga 1 yildan ortiqroq muddat davomida ustozlik qildi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Ektor Kuper hamda uning boshchiligidagi murabbiylar shtabiga Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiradi va ularga kelgusi faoliyatida omad tilaydi”, deyiladi OʻFA xabarida.

Ektor Kuper bilan 2018-yilning 1-avgustidan 2021-yilning 30-noyabrigacha, JCH-2022 saralash sikli uchun shartnoma tuzilgandi va agar terma jamoa Qatarda oʻtkaziladigan mundialga yoʻllanma olsa shartnoma avtomatik tarzda turnir yakunigacha uzaytirilishi koʻzda tutilgandi.

Oʻtgan vaqt mobaynida Kuper Oʻzbekiston terma jamoasini 17 oʻyinda maydonga boshlab tushdi, bu oʻyinlarda 7 gʻalaba, 4 durang va 6 bor magʻlubiyat qayd etildi. 2019-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi nimchorak finalda Avstraliyaga penaltilar seriyasida yutqazdi (0:0, 2:4).

Maʼlumotlarga koʻra, endilikda terma jamoa bosh murabbiyi lavozimi uchun ikki nomzod koʻrib chiqilmoqda: 2017-yildan buyon “Paxtakor”da ishlayotgan Shota Arveladze va hozirda “Bunyodkor”ni boshqarayotgan Vadim Abramov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 118
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 86
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar