“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 23:30
ЎЗO‘Z

Toshkentda mukofot jamg‘armasi 12 000 yevro bo‘lgan shaxmat festivali boshlandi

21 sen, 19:00 2 494 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda mukofot jamg‘armasi 12 000 yevro bo‘lgan shaxmat festivali boshlandi Joriy yil 20-29 sentyabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo shaxmat festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston hamda O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchilari o‘rtasida musobaqalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mukofot jamg‘armasi 12 000 yevro bo‘lgan ushbu musobaqa shaxmatchilar uchun reytingli ekani bilan ahamiyatlidir. Musobaqa Nizomiga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida chempion bo‘lgan shaxmatchi 3 000 yevro, qizlar o‘rtasida mutlaq chempion esa 1 500 yevro mukofot puli bilan taqdirlanadi. 200 nafarga yaqin shaxmatchi ishtirok etayotgan festivalda standart va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

FIDE, «Rosatom» hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu musobaqada 20 yoshgacha bo‘lgan hamda o‘g‘il bolalar orasida 1 800, qizlar o‘rtasida esa 1 600 reyting ballidan yuqori ko‘rsatkichga ega aql-idrok sohiblari qatnashish huquqiga ega. 9 turdan iborat bahslarda har bir qatnashuvchiga partiya oxirigacha 90 daqiqa vaqt beriladi. Har bir yurish uchun nazorat vaqti esa 10 daqiqa etib belgilangan.

Bugun soat 12:00da O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi binosida musobaqa oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda FIDE prezidenti maslahatchisi, Osiyo shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Berik Balgabayev, Markaziy Osiyo shaxmat federatsiyasining 3/4 zonasi prezidenti, xalqaro toifadagi hakam Husan Turdialiyev hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Anjumanda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shundan so‘ng musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov so‘zga chiqib, bo‘lajak musobaqada barchaga omad va zafarlar tiladi. So‘ngra faxriy mehmon ramziy yurish bilan musobaqani boshlab berdi.

Markaziy Osiyo shaxmat festivali g‘oliblari 29 sentyabr kuni ma’lum bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 0
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 0
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 131
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 0
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 0
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 21
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Bo‘limlar